Nurafshon shahri hokimligi
3.3K subscribers
42.7K photos
3.84K videos
53 files
12.2K links
Download Telegram
#Diqqat_kontrafakt

☝️Siz ko‘rib turgan tasvirda mashhur brendlarning originali va ularning kontrafakt nusxalari keltirilgan.

🔰Mahsulotlar nomini diqqat bilan o‘qisangiz kontrafakt mahsulot nomi ataylab o‘zgartirilganini ko‘rish mumkin. Bu uning kontrafakt ekanligini bildiradi.

📌Kontrafakt - bu tovar belgisidan huquq egasining ruxsatisiz hamda iste’molchini adashtirish darajasida foydalanishdir. Ko‘pchilik tadbirkorlar o‘zgalarning mashhur brendlaridan foydalanib, xaridorni jalb qilishga urinadi. Bu esa huquqbuzarlik sanaladi.

💢Hurmatli isteʼmolchilar! Mahsulot xarid qilganda uning nomi to‘g‘riligiga ishonch hosil qiling, ishlab chiqaruvchi haqidagi maʼlumotlarni tekshirib oling.

❗️Eslatma! Kontrafakt mahsulot sotganlik hamda tovar belgisidan noqonuniy foydalanib, iste’molchini chalg‘itganlik uchun javobgarlik belgilangan.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/toshkentviladliya
Forwarded from AOKB TOSHKENT vil
📌Тошкентда ШҲТ Самарқанд саммити якунлари бўйича халқаро конференция бўлиб ўтади

Жорий йил 29 сентябрь куни Тошкент шаҳрида гибрид форматда «ШҲТ Самарқанд саммити: Минтақавий ва халқаро хавфсизлик, барқарор ривожланишга қўшилган ҳисса» мавзусида халқаро конференция бўлиб ўтади.

Тадбир Ўзбекистон Республикаси Президенти ҳузуридаги Стратегик ва минтақалараро тадқиқотлар институти (СМТИ) томонидан Ташқи ишлар вазирлиги ва Марказий Осиё халқаро институти (МОХИ) билан ҳамкорликда ШҲТ Минтақавий аксилтеррор тузилмаси Ижроия қўмитаси кўмагида ташкил этилмоқда.

Анжуманда ШҲТга аъзо, шунингдек, АҚШ, Бельгия, Буюк Британия, Германия, Франция, Венгрия сингари бир қатор узоқ хориж давлатлари эксперт ва таҳлилий доираларининг 30 дан ортиқ таниқли вакилини жамлаш режалаштирилган.

Telegram | Facebook | Instagram | Медиабанк
👍2
#тиббиёт

Кўнгил муолажаси — яхшиликнинг самараси дуоларда акс этди


Беморларга тиббий кўмак бериш, уларга руҳан елкадош бўлиш тиббиёт ходимларининг шарафли вазифасидир.

Доим инсонлар саломатлиги учун сидқидилдан фаолият юритиб келаётган Нурафшон шаҳар тиббиёт бирлашмаси ҳам бетоб кишиларнинг дардига малҳам бўлишди.

Янги обод ва Чиғириқ маҳалласида истиқомат қилувчи ногиронлиги бўлган 2 нафар фуқарога электрон ногиронлик аравачалари шаҳар тиббиёт бирлашмаси ва шаҳар ижтимоий бўлими томонидан топширилди.

Кўнгил муолажаси — яхшиликнинг самараси қўлларга кўчган дуоларда акс этди.

@Nurafshonpressa
#ogohlik

Ogohlik, hushyorlik davr talabi, terrorizm, ekstremizm va missionerlik daxshatli ofat


Respublika Ma’naviyat-ma’rifat markazi Nurafshon shahar bo‘linmasi rahbari Sh.Radjapov, shahar Bosh imom xatibi Abdurashid domla Rustamov, Din ishlari bo‘yicha shahar bosh mutaxassisi Q.Rasulov, Nurafshon shahar markazida joylashgan “Textil Mill Tashkent” MCHJ xodimlari ishtirokida bo‘lib o‘tgan davra suhbatda, diniy vaziyatni sog‘lomlashtirish va ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini yanada mustahkamlash, diniy mutaassiblikning oldini olish, ogohlik, ta’qiqlangan ijtimoiy tarmoqlarga a’zo bo‘lmaslik, turli radikal yot g‘oyalar ta’siriga tushib qolmaslik, atrofda bo‘layotgan voqea va hodisalarga doimo teran nigoh bilan qarash to‘g‘risida suxbat o‘tkazildi.

Uchrashuvda hozirgi zamonda ehtiyotkor bo‘lib yashash davr talabiga aylanib borayotganligi ta’kidlandi.

@Nurafshonpressa
👍4
#qabul

Sayyor qabuldan yechim izlayotgan murojaatlar


Nurafshon shahar 2-sektorida xalq qabulxonasi mudiri T.Daniyarov va shahar prokurori F.Mirzayev boshchiligida hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi va tashkilotlar raxbarlari ishtirokida "Navro‘z" MFYda sayyor qabul o‘tkazildi.

Unda fuqarolarning muammolari o‘rganilib, mazkur muammolarni bartaraf etish yuzasidan mutasaddilarga ko‘rsatmalar berildi.

@Nurafshonpressa
#aziz_murabbiy

Ustoz otangdek ulug‘


Nurafshon shahridagi 9-sonli maktabida “1 oktyabr - O‘qituvchi va murabbiylar kuni”ga bag‘ishlangan bayramona tadbirida Toshkent viloyati bojxona boshqarmasining bir guruh xodimlari qatnashdi.

🔺 Bayram davomida yoshlarni bojxona sohasiga qiziqishini oshirish, ularning intellektual, ijodiy salohiyatini shakllantirish, iqtidorli va isteʼdodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Yosh bojxonachi” ramziy nishoni bilan mazkur maktab bir guruh o‘quvchilari taqdirlandi.

🔺 Tadbirdan so‘ng, maktabda tashkil qilingan “Yosh bojxonachi” to‘garagi aʼzolari bilan bojxona xodimlar o‘rtasida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

🔺“Yoshlar ittifoqi” boshlang‘ich tashkiloti yetakchilari tomonidan “Bojxona xizmatining shakllanishi va rivojlanishi” mavzusida tushunchalar berildi.

@Nurafshonpressa
👍1
#qonunchilikdagi_yangiliklar

“Elektron tijorat to‘g‘risida”gi Qonun (O‘RQ–792-son, 29.09.2022 y.) Prezident tomonidan imzolandi

🔰 Qonunga ko‘ra, elektron tijoratda shartnoma taraflar o‘rtasida shartnoma shartlarini elektron hujjatlar va (yoki) xabarlarni tasdiqlash yo‘li bilan kelishish orqali elektron hujjat shaklida rasmiylashtiriladi.

📝 Elektron tijoratdagi elektron hujjatlar qog‘ozda rasmiylashtirilgan va o‘z qo‘li bilan imzolangan hujjatlarga tenglashtiriladi.

🔘 Elektron tijoratda sotuvchilar quyidagilardan iborat:

🔹Elektron savdo maydonchasida tovarlarni (ishlarni va xizmatlarni) chakana va (yoki) ulgurji sotish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar;
🔹Elektron savdo maydonchasida tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) chakana sotish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar.

💰Sohada to‘lovlar quyidagi usullarda amalga oshiriladi:

▫️Naqd pul mablag‘lari bilan – naqd pul mablag‘lari to‘lov vositasi tarzida virtual terminallar (E-POS) orqali qabul qilinganligini tasdiqlaydigan hujjatlarni hamda sotuvchi va sotilgan tovar to‘g‘risidagi axborotni o‘zida aks ettiradigan hujjatlarni xaridorga taqdim etish orqali;

▫️Pul mablag‘larini bank hisobvarag‘idan o‘tkazish orqali – pul mablag‘larini bank hisobvarag‘idan o‘tkazish vositasida, shu jumladan shaxsiy kabinet orqali yoki to‘lov tashkilotining tizimi orqali o‘tkazish;

▫️Elektron pullardan foydalangan holda – elektron pullar tizimida ochilgan elektron hamyondagi pul mablag‘larini o‘tkazish vositasida.

Savdo maydonchalarining operatorlari, to‘lov xizmatlarini yetkazib beruvchilar va tovarlarni yetkazib berish xizmatlarini ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar o‘z axborot tizimlariga yoki bank hisobraqamlariga “eskrou” xizmatini joriy etishi mumkin.

Tovarlar uchun xaridor tomonidan to‘lovni amalga oshirish chog‘ida “eksrou” xizmatini ko‘rsatuvchi to‘langan pul mablag‘larini xaridor tovarlar olinganligining tasdig‘i olinguniga qadar saqlash huquqiga ega. Agar tovar yetkazib berilmasa yoki tavsifga mos kelmasa, “eksrou” xizmatini ko‘rsatuvchi pul mablag‘larini xaridorga qaytaradi yoki, agar tovar xoridor tomonidan qabul qilingan bo‘lsa, pul mablag‘lari sotuvchining hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.

🗓 Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach kuchga kiradi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/toshkentviladliya
👍2