Nurafshon shahar hokimligi
2.05K subscribers
36K photos
3.33K videos
47 files
10.6K links
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Азиз ўқитувчи ва устозлар! Барчамизга илм ўргатган, ҳаёт сабоғини берган, бутун борлиғини ёш авлод тарбиясидек шарафли фаолиятга бахш этган сиз, жонкуяр, фидойи ўқитувчи ва домлаларимизга чуқур ҳурмат-эҳтиромимизни билдириб, касб байрамингиз билан чин дилдан қутлаймиз!

Яқинда Самарқандда Ўқитувчи ва мураббийлар кунига бағишлаб катта тантана билан ўтказилган байрам тадбирида меҳнат йўлини ўқитувчиликдан бошлаган ва фаолиятининг кўп йилларини шу касбга бағишлаган Президентимиз Шавкат Мирзиёевнинг педагогларимизга табригини ўқиб эшиттириш мен учун улкан шараф бўлди.

«Ўзим кўп йиллар ўқитувчи бўлиб ишлаганим учун бу соҳанинг қанчалик қийин ва машаққатли эканини яхши биламан», деган эдилар давлатимиз раҳбари. Азиз ўқитувчилар, ана шундай оғир ва машаққатли, шу билан бирга ғоят шарафли меҳнатингизда катта муваффақиятлар, барчангизга сиҳат-саломатлик, хонадонларингизга тинчлик-хотиржамлик, файзу барака тилаймиз!

Facebook|Instagram|Twitter
#Tabrik

Nurafshon shahar hokimligi jamoasi Toshkent suv ta’minoti MChJ Nurafshon shahar bo‘limi rahbari Salixov Akrom Xodjiakbarovichni tavallud ayyomlari bilan muborakbod etadi.

A.Salixovga uzoq umr, salomatlik oilaviy totuvlik, ishlarida omad yor bo‘lishiga tilakdoshmiz.

@Nurafshonpressa
#RASMIY_MUNOSABAT

Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda Nurafshon shahrida faoliyat yuritayotgan xorijiy korxona tomonidan elektr o‘tkazishga texnik shartga ko‘ra, oshiqcha bir milliard so‘mlik qo‘shimcha va homiylik ishlarini bajarishi talab qilinayotgani aytilib, viloyat hokimligining investisiyalar bilan ishlovchi mutasaddilaridan holat bo‘yicha amaliy yordam berilishi so‘ralgan tanqidiy material e’lon qilindi.

📌 Murojaat yuzasidan o‘tkazilgan o‘rganish jarayonida quyidagilar ma’lum bo‘ldi.

"ABLE SURPLUS" MChJ tomonidan 2021-yil 25-noyabrda auksion savdolari orqali Nurafshon shahar "Xurriyat" MFY hududidan 1 ga (jami 4 ta lot) yer maydoni yutib olingan.

Mazkur korxona tomonidan "Davlat xizmatlari markazi" orqali 2022-yil 20-sentyabr kunida "Xurriyat" MFY hududida joylashgan "ABLE SURPLUS" MChJga qarashli Truba ishlab chiqarish zavodi tashkil etish investision loyihasi uchun elektr tarmoqlariga ulash maqsadida 680 kVtga murojaat qilgan.

Nurafshon shahar elektr ta’minoti korxonasi xodimlari tomonidan joyiga chiqib o‘rganilganda, "ABLE SURPLUS" MChJ bilan 2022-yil 27-sentyabrda 150 million so‘m shartnoma imzolanib, hozirda mazkur korxona hisob raqamidan "Toshkent NETK" AJ hisob raqamiga 50 million so‘m ko‘chirib o‘tkazilgan, qurilish obyekti uchun tortiladigan 6 kV havo elektr tarmog‘ini loyiha-smetada ko‘rsatilgan ishlar olib borilmoqda.

Shuningdek, bugungi kunda korxona qurilish ishlarini boshlash arafasida bo‘lib, loyihalash ishlari yakunlangan, yer ishlari amalga oshirilayotganligi aniqlandi.

📎 Ma’lumot o‘rnida aytish mumkinki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 25-avgustdagi 5233-sonli qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2022-yil -iyundagi 306-sonli qarorlariga muvofiq haqiqatdan ham xorijiy va mahalliy investorlarning investisiya loyihalarini tashqi infratuzilmaga ulash harajatlarini davlat byudjeti hisobidan amalga oshirish tartibi belgilangan.

Bu borada Toshkent viloyati hokimligi qoshida maxsus ishchi guruh tashkil etilgan bo‘lib, bugungi kunda tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan mazkur ishchi guruhga murojaat qilish boshlangan.

📍Unga muvofiq loyiha qiymati 200 milliard so‘mdan yuqori bo‘lgan investisiya loyihalari tashqi infrastrukturaga davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan ulanib berilishi belgilangan. Shu bilan birga, investisiya loyihasining ishlab chiqarish maydonigacha tashqi infratuzilmasini qurish va moliyalashtirish talabgorlar tomonidan investisiya loyihasining kamida 50 foizi o‘zlashtirilgan taqdirda boshlanishi hamda loyiha tashabbuskori tomonidan o‘rnatilgan tartibda ishchi guruhga tegishli hujjatlarni taqdim etgan holda amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan.

@Nurafshonpressa
#Hududlar
#6_yilda

Toshkent viloyatida ijtimoiy va iqtisodiy sohalarda qanday o‘zgarishlar bo‘ldi?

Ko‘rsatkichlar ushbu infografikada

@Nurafshonpressa
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#etirof

⚡️ Fidoyi o‘qituvchilar taqdirlandi

👆👆👆Ushbu lavhada batafsil

@Nurafshonpressa
#tadbir

🔰 Nurafshon shahar hokimligi va Diniy qo‘mita hamkorligida shahrimizdagi barcha tashkilot rahbarlari, MFY raislari, hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari hamda Xalq ta’limi mutasaddilari ishtirokida "Jaholatga qarshi - ma’rifat" mavzusida targ‘ibot uchrashuvi o‘tkazildi.

⚡️ Uchrashuvda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita xodimi Ilhom Marupov va Jaxongir Meliqo‘ziyevlarning ma’ruzasi tinglandi. Tadbir davomida "Soxta da’vat" va "Jar yoqasida" nomli videoroliklar namoyish etildi. Shuningdek, ma’ruza davomida yoshlarni yot g‘oyalar ta’siriga tushishining oldini olish, turli ijtimoiy tarmoqlardan to‘g‘ri foydalanish va tinchlikning bebaho ne’mat ekanligi ta’kidlandi.

@Nurafshonpressa
#sayohat

Kuni kecha Nurafshon shahrida ayollar daftarining 3-bosqichida ro‘yxatda turuvchilar uchun shahar hokimligining tashabbusi bilan sayohat uyushtirildi.

Madaniy hordiq olishga shaylanganlar dastlab Yangi O‘zbekiston bog‘iga yo‘l olishdi.

Sayohat shunchaki aylanish bilan emas, aksincha “Xalqlar do‘stligi” saroyida o‘tkazilgan konsert bilan nihoyasiga yetdi.

Ko‘ngli ko‘tarilgan ayollar o‘z minnatdorchiliklarini izhor etishdi.

@Nurafshonpressa
#til_bayrami

O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan yozma ishlar tanlovi maktab bosqichi bo‘lib o‘tdi


Respublikamizning barcha hududlari qatorida Nurafshon sharidagi barcha maktablarda 21-oktabr O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan tadbirlar o‘tkazilmoqda.

O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 33 yil to‘lishi munosabati bilan "Qadring baland bo‘lsin ona tilim" mavzusida 10-11-sinflar o‘rtasida insholar tanlovining maktab bosqichi bo‘lib o‘tdi. Ushbu tanlovda barcha sinf o‘quvchilari faol qatnashdilar.

@Nurafshonpressa
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Joriy yil 8-9 oktyabr kunlari Samarqand shahrida birinchi marta "2022 Osiyo triatlon Kubogi Samarkand" triatlon bo'yicha xalqaro musobaqa va havaskorlar hamda professionallar o'rtasida triatlon bo'yicha O'zbekiston chempionati bo'lib o'tadi.

Standart yoki Olimpiya masofasi ketma-ket uchta bosqichni o'z ichiga oladi:

Suzish 1500 m

Velosiped poygasi 40 km

Yugurish 10 km

Ushbu masofa yangi boshlanuvchilar uchun chaqiruv va tajribali triatlonchilar uchun o'z kuchlarini baholash imkoniyatidir.

Batafsil ma'lumotlarni triathlon.uz veb sayti yoki quyidagi telefon raqam orqali olishingiz mumkin +998 99 444 55 65

Musobaqada 18 yoshdan oshgan barcha ishtirok etishi mumkin

https://t.me/AOKBToshvil
#sport

2022-yil 7-oktyabr kuni Nurafshon shahar sport maktabi sport zalida "Prokuror kubogi" uchun milliy kurash sport turidan 1-2-3-4 sektrlararo 16-21 hamda 22-26 yosh toifasida  musobaqalar o‘tkazildi.

Bellashuvlarda g‘olib bo‘lganlar munosib taqdirlanishdi.

@Nurafshonpressa