Nurafshon shahar hokimligi
2.04K subscribers
36K photos
3.33K videos
47 files
10.6K links
Download Telegram
Forwarded from AOKB TOSHKENT vil
Samarqandda triatlon bo‘yicha Osiyo kubogi bahslariga start berildi

Samarqand eshkak eshish kanalida birinchi marta triatlon bo‘yicha "2022 Asian Triathlon Cup Samarkand” Osiyo kubogi bahslari boshlandi.

Musobaqaning ochilish marosimida Sportni rivojlantirish vaziri A.Ikromov, O‘zbekiston Respublikasi xavfsizlik kengashi kotibi, O‘zbekiston triatlon federatsiyasi raisi V.Mahmudov va viloyat hokimi E.Turdimov so‘zga chiqib, triatlon sportining mamlakatimizda rivojlanib borayotgani va sportchilarning xalqaro musobaqalardagi muvaffaqiyatli ishtirokini ta’kidladi.

Shundan so‘ng 30 davlatdan kelgan 70 nafar professional sportchi triatlonning klassik yo‘nalishi - ochiq havzada 1,5 kilometrga suzish, 40 kilometrga velopoyga, 10 kilometrga yugurish bahslariga kirishdi.

🟢Bizni kuzatib boring: @yaxshixabar
#taziya

Bugun Xalq deputatlari Nurafshon shahri Kengashi Kotibiyati mudiri O‘ktam Allayev 51 yoshida vafot etdi.

Allayev O‘ktam Jumayevich 1971-yil 23-mart kuni Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumanida tug‘ildi. 1998-yil Toshkent davlat sharqshunoslik institutini tugatgan.

O‘.Allayev faoliyati davomida harbiy qismda sharqshunos filolog, arab tili va adabiyoti o‘qituvchisi sifatida mehnat qilgan.

U O‘rta Chirchiq tumani hokimligi mas’ul xodimi vazifasida ishlagan yillari xalq bilan muloqot qilish va aholi muammolarini tizimli bartaraf etishga munosib hissa qo‘shdi. Xalq deputatlari Nurafshon shahri Kengashi deputati sifatida esa haqiqiy xalq xizmatchisi sifatida o‘zini ko‘rsatdi.

O‘ktam Allayev Toshkent viloyati «Zangi ota ziyoratgohi» yodgorlik majmui direktori lavozimida faoliyat yuritgan.

Nurafshon shahar hokimligi jamoasi marhumning oila a’zolari va yaqinlariga ta’ziya izhor etib, hamdardlik bildiradi.

@Nurafshonpressa
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#qabul

Nurafshonda Toshkent viloyati prokurorining sayyor qabuli bo'lib o'tdi.

@Nurafshonpressa
“Obod turmush”da obodonlashtirish ishlari

Nurafshon shahar Obod turmush MFY “Shon-shuxrat” ko‘chasida obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda, to‘g‘rirog‘i davom etmoqda.

Joriy yilning 1-choragida boshlangan qurilish-ta’mirlash ishlari Obod turmush mahallasidagi ko‘p qavatli uylarning atroflari, fasad qismilarida olib borilgan edi.

Bugun ushbu harakatlarning navbatdagi bosqichi yo‘lga qo‘yilganligi, aholining turmush sharoitini yaxshilash, ularga qulaylik yaratish maqsadida ekanligidan ishoradir.

@Nurafshonpressa
#tayyorgarlik

Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik avj pallada


Nurafshon shahar hokimi M. Saliyev boshchiligida joriy yilning yaqinlashayotgan salqin kunlari uchun shaylik darajasi o‘rganildi.

Shahar favqulodda vaziyatlar bo‘limi, elektr tarmoqlari, gaz tarmog‘i, suv oqava, obodonlashtirish tashkilotlarining moddiy texnik bazasi kuz-qish mavsumiga hozirlanganligi kuzatildi.

Jarayonda avariya holatlarini oldini olishga doir tayyorgarlik, favqulodda vaziyatlarda tezkor faol bo‘lish uchun navbatchilik guruhlari, dispetcherlik nazorati va hokazolarni yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlari ko‘rildi. Tegishli vazifalar mutasaddilarga taqsimlab berildi.

@Nurafshonpressa
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#yutuq

30-sentyabr 9-oktyabr kunlari nogironlar o‘rtasida Turkiyanining Istanbul shahrida futbol sport turidan 17-jahon chempionatida O‘zbekiston amputantlar milliy jamoasi ham ishtirok etishdi.

O‘zbekiston jamoasi jahon chempionatida bronza medallari sohibi bo‘lib, sportchilarimiz bahsda Haiti terma jamoasini 4:2 hisobida mag‘lub etishdi.

Ma’lumot uchun: mazkur to‘psurar bellashuvida Nurafshon shahar Dexqonobod MFYda yashovchi Tursunboyev Xaydarali Umaraliyevich ham yarim himoyachi sifatida ishtirok etdi.

@Nurafshonpressa
#qabul

Nurafshon shahar 3-sektor rahbari, polkovnik O.G‘.G‘anibekov hamda Xalq qabulxonasi mudiri T.Daniyarovlar 3-sektor hududidagi Birlik, Chig‘iriq MFYlarda sayyor qabul o‘tkazdi.

Qabulda 25 nafar fuqaro ishtirok etib, murojaatlar bilan shahar mutasaddilariga yuzlanishdi.

Muammolar tegishliligi bo‘yicha o‘rganilib, ijrosi yuzasidan vazifalar belgilandi.

@Nurafshonpressa