Nurafshon shahar hokimligi
2.04K subscribers
36K photos
3.33K videos
47 files
10.6K links
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#yutuq

30-sentyabr 9-oktyabr kunlari nogironlar o‘rtasida Turkiyanining Istanbul shahrida futbol sport turidan 17-jahon chempionatida O‘zbekiston amputantlar milliy jamoasi ham ishtirok etishdi.

O‘zbekiston jamoasi jahon chempionatida bronza medallari sohibi bo‘lib, sportchilarimiz bahsda Haiti terma jamoasini 4:2 hisobida mag‘lub etishdi.

Ma’lumot uchun: mazkur to‘psurar bellashuvida Nurafshon shahar Dexqonobod MFYda yashovchi Tursunboyev Xaydarali Umaraliyevich ham yarim himoyachi sifatida ishtirok etdi.

@Nurafshonpressa
#qabul

Nurafshon shahar 3-sektor rahbari, polkovnik O.G‘.G‘anibekov hamda Xalq qabulxonasi mudiri T.Daniyarovlar 3-sektor hududidagi Birlik, Chig‘iriq MFYlarda sayyor qabul o‘tkazdi.

Qabulda 25 nafar fuqaro ishtirok etib, murojaatlar bilan shahar mutasaddilariga yuzlanishdi.

Muammolar tegishliligi bo‘yicha o‘rganilib, ijrosi yuzasidan vazifalar belgilandi.

@Nurafshonpressa
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёев амалий ташриф билан Остонага келди.

Президент Шавкат Мирзиёев прибыл с рабочим визитом в Астану.

Facebook|Instagram|Twitter
#tadbir

Maktablarda davomat tadbirlari o‘tkazildi


Ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan o‘quvchi-yoshlarning buguni va ertasiga befarq bo‘lmagan Nurafshon shahar  prokuraturasi xodimi, shahar hokimligi xodimlari, shahar IIB VEMB inspektor-psixologi hamda shahar XTBning amaliyotchi psixologlari hamkorligida payshanba "Profilaktika kuni" munosabati bilan Nurafshondagi XTBga qarashli  umumta’lim maktablarida "Davomat" tadbirlari olib borildi.

Tadbir jarayonida maktab o‘quvchilarining darsga tayyorgarlik holati, kiyinish odobi, ta’limga bo‘lgan qiziqishlari o‘rganilib, ularga to‘g‘ri yo‘lda yurishlari, o‘qib izlanishlari to‘g‘risida maslahatlar berildi.

@Nurafshonpressa
#jarayon

Salomatlik tadbiri


Nurafshon shahar IIB xodimlari, shahar tibbiyot birlashmasi xodimlari tomonidan shahar ichki ishlar xodimlarining bo‘yi va vazn og‘irligi o‘lchanib, tana vazni indeksi normalari o‘rganildi.

Mazkur tadbir davomida to‘g‘ri ovqatlanish qoidalari, shuningdek tamaki cheyeishning zararli oqibatlari to‘g‘risida suhbat o‘tkazildi, zaruriy tavsiyalar berildi.

@Nurafshonpressa
#qabul

2-sektorda qabul o‘tkazildi


Nurafshon shahrining 2-sektor binosida Xalq qabulxonasi mudiri T.Daniyarov va shahar prokurori F.Mirzayev boshchiligida qabul o‘tkazildi.

Mazkur tadbirda hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi va korxona-tashkilot rahbarlari ham ishtirok etib, fuqarolar murojaatlari tinglandi.

“To‘ytepa” aholisi bilan o‘tkazilgan sayyor qabulda mahalla fuqarolarining muammolari o‘rganildi.

Natijada mutasaddilar tomonidan mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etish choralarini ko‘rishga kelishildi.

@Nurafshonpressa
#qishloq_ayoli

Bugun Nurafshon shahar Yoshlar markazi tadbirlar zalida 15-oktyabr "Xalqaro qishloq ayollar kuni" ga bag‘ishlangan "Ayol mo‘jizalar yaratuvchisi" deb nomlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni Nurafshon shahar hokimi M.Saliyev ochib berib, yig‘ilgan ayollarga iliq tilaklar bildirdi.

Jarayonda tadbirkor hunarmand va kasanachi ayollar o‘zlarinining ko‘rgazmalari bilan ishtirok etishdi.

Shuningdek, qishloq ayollarining turmush tarzi, shijoati borasidagi gurunglar tadbirga kelganlar bilan bo‘lishildi.

@Nurafshonpressa