Nurafshon shahar hokimligi
2.05K subscribers
36K photos
3.33K videos
47 files
10.6K links
Download Telegram
#sport_tadbiri

Tibbiyot xodimlari “Sog‘lom hayot sari 5000 qadam” bosishdi

Ommaviy yurish  marafoni va sog‘lomlashtirish mashqlarini bajargan Nurafshon shahar tibbiyot birlashmasi xodimlari erta tongdan sog‘lom turmushni da’vo qilishib, sport mashg‘ulotlariga bel bog‘lashdi.

Shahar sport bo‘limi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan mazkur tadbir ertalabki badantarbiya mashqlari bilan qizg‘in olib boriidi.

@Nurafshonpressa
Joriy yilning 18-oktabr kuni Nurafshon shahar maktabgacha ta'lim bo‘limi tomonidan shahrimizda faoliyat yuritayotgan barcha Oilaviy nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari rahbarlari uchun o‘quv-seminar tashkil etildi. Unda ta'lim-tarbiya sifatini oshirish, sog‘lom ovqatlantirish, 3-7 yoshli bolalarni bog‘chalarga qamrab olish, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish va uni betalofat o‘tkazish, oziq-ovqat zaхirasini tashkil etish kabi masalalar ko‘rib chiqildi. O‘quv-seminar davomida tarbiyalanuvchilarning kunlik davomatida yuzaga kelayotgan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

Nurafshon shahar hokimligi axborot xizmati

@Nurafshonpressa
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#5_yil

Istiqlolning istiqboli sharafshonim,
Ona yurtim gavharidir Nurafshonim


⚡️ Toshkent viloyatining poytaxti Nurafshon shahrining barpo etilganiga 5 yil to‘ladi.

@Nurafshonpressa
🎺DIQQAT! DIQQAT!

👆Yoshlarimiz uchun yana bir yangilik

Nurafshon shahar Oybek mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan  istirohat bog‘iga qamrovi 300-400 metrgacha bo‘lgan Wi-Fi zone o'rnatildi.

📌Wi-Fi dan foydalanish Nurafshon shahar aholisi, yoshlari va mehmonlari uchun bepul!

📌Wi-Fi ning paroli: "Nurafshon shaxahr yoshlari birlashaylik"

📲 Ijtimoiy tarmoqlarda faol bo‘lmoqchimisiz, o‘zingiz uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni yuklab olmoqchi bo‘lsangiz Istirohat bog‘iga tashrif buyuring bepul internet tarmog‘idan foydalaning. 

📍Hurmatli Nurafshon shahar aholisi, yoshlari va mehmonlari!
Yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlardan unumli foydalaning!


@Nurafshonpressa
#sayohat
#davlat_tili_33_yilligi

Adiblar xiyoboni - maʼnaviyat manzili

⚡️Nurafshon shahar hokimining maslahatchisi M.Shoismanova, Xalq ta'limi bo'limi hamda "Mahalla" xayriya jamoat fondi viloyat bo'limi hamkorligida Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 33 yil toʻlganligi munosabati bilan maktablardagi adabiyotga qiziquvchan iqtidorli yoshlarni Toshkent shahridagi “Adiblar xiyoboni”ga sayohat uyushtirildi.

🔸Bugunki kunda adabiyotga, maʼnaviyatga berilayotgan eʼtibor tufayli adiblar xiyoboni chin maʼnoda maʼnaviyat maskaniga aylanmoqda. Ulugʻ allomalarni, shoirlarni eslash, yod etish tariximizga boʻlgan yuksak ehtiromni bildiradi. Yoshlar bunday sayohatdan zavq va quvonchga toʻlishdi.

Nurafshon shahar hokimligi axborot xizmati

@Nurafshonpressa