Nurafshon shahar hokimligi
2.05K subscribers
36K photos
3.33K videos
47 files
10.6K links
Download Telegram
#tayinlov

Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashi deputatlari tomonidan Kengash kotibiyat mudiriligiga tavsiya etilgan Ernazarov Egamberdi Xudoyberdiyevich Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashi kotibiyat mudiri lavozimiga tasdiqlandi.

Nurafshon shahar hokimligi axborot xizmati

@Nurafshonpressa
Ўзбекистон Республикаси Президентининг “Ички ишлар органлари ходимлари куни муносабати билан бир гуруҳ ходимларни мукофотлаш тўғрисида"ги Фармони

Указ Президента Республики Узбекистан "О награждении группы сотрудников в связи с днем сотрудников органов внутренних дел"

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Ички ишлар органлари ходимлари ва фахрийларига табрик

Поздравление сотрудникам и ветеранам органов внутренних дел

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#Hokim_tabrigi

Fuqarolarning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini himoya qilish, jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquqbuzarliklarni oldini olishda mardonavor kasbini sidqidildan bajarib, jasorat ko‘rsatayotgan mamlakatimiz ichki ishlar organlarini 25 oktyabr –Ichki ishlar organlari xodimlari kuni munosabati bilan samimiy qutlab, muborakbod etaman.

Samarali mehnati, xalqimiz osoyishtaligi va jamoat xavfsizligini ta’minlash, tinchlik va barqarorlikni mustahkamlashga o‘z hissasini qo‘shayotgan yurt tinchligi yo‘lidagi posbonlarimizning kasbu koriga zafarlar yor bo‘lsin.

Vatan uchun bir qadam oldinda turgan ushbu sharafli kasb egalariga mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik tilab qolamiz.

Shahar hokimi Muzaffar Saliyev

@Nurafshonpressa
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#nazorat

Nurafshon shahar tibbiyot birlashmasi shahar hokimi tomonidan o‘rganildi

Shifoxonadagi mavjud sharoitlar, bemorlar uchun hozirlangan barcha imkoniyatlar borasida shifo istab kelganlar bilan suhbatda bo‘lgan hokim M.Saliyev kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha mas'ullarga yuzlandi.

Xalq duosi bilan olib borilgan ishda xayr bo‘lishini ta'kidlagan onaxonlar esa mutasaddilarga minatdorchilik izhor qilishdi.

@Nurafshonpressa
#mohiyat

Davlat xizmatchisi kim
?

Yoxud endilikda davlat xizmatichilari qanday saralanadi?

Mamlakatimizda yangi O‘zbekistonni barpo etish, Uchinchi Renessans poydevorini yaratish borasida tub o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. Bu boradagi islohotlarning hayotga samarali tatbiq etilishi, birinchi navbatda, davlat xizmatchilariga bog‘liq. Shu bois, zamonaviy ehtiyojlarga javob beradigan davlat xizmati apparatini shakllantirish ustuvor vazifaga aylandi...

👉 Maqolani batafsil o'qing: https://clck.ru/32UhLR

@Nurafshonpressa
#sport
#streetbol

Besh tashabbus doirasidagi musobaqalar davom etmoqda

Nurafshon shahrining 1-maktabida 16-21, 22-26, 27-30 yosh toifasida stritbol sport turi bo‘yicha shahar birinchiligi musobaqalari o‘tkazildi.

@Nurafshonpressa
#НУРАФШОН
#ИСЛОҲОТ

Нурафшон шаҳар ҳокимлиги, шаҳар депутатлари ҳамда халқ таълими бўлими мутассаддилари билан халқ таълим тизимини ислоҳ қилиш масалалари бўйича Кенгаш йиғилиши ўтказилди.

Йиғилишда мактаб директорлари ва директор ўринбосарлари, тизимда узоқ йиллар фаолиятган юритган тажрибали устозлар иштирок этди. Танқидий-таҳлилий руҳда ўтган йиғилиш давомида шаҳар ҳокими Музаффар Салиев умумтаълим мактабларининг 2021-2022-ўқув йили якунига кўра барча йўналишлар бўйича Миллий рейтингдаги ҳолат юзасидан гапирди.

Шунингдек, йиғилишда шаҳар депутати С.Сулаймонова таълим ва тарбияда ота-она ва маҳалланинг ролини ошириш зарурлигини қайд этди.

Йиғилиш давомида Кенгаш раиси, шаҳар ҳокими Музаффар Салиев томонидан ҳар бир мактаб директорига алоҳида топшириқлар берилиб, назорати халқ таълими бўлими мудири зиммасига юклатилди.

https://t.me/joinchat/Tyrq4tUQpesrTBVw