Nurafshon shahri hokimligi
3.29K subscribers
43K photos
3.9K videos
53 files
12.2K links
Download Telegram
Президент Мурожаатномасидан энг муҳим иқтибослар

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
👍1👏1
Nurafshon shahri hokimligi
Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi soat 11:00 boshlanadi. 👨‍💻 Mazkur dastur: 1. MTRK teleradiokanallari; 2. Nodavlat telekanallar; 3. Prezidentning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali to‘g‘ridan to‘g‘ri jonli efirda namoyish etiladi.
✍️ Yangi tizim doirasida:

- tintuv o‘tkazish, telefon so‘zlashuvini eshitish va mulkni xatlashga sanksiya prokurordan sudga o‘tkaziladi;

- tergovchi jinoyatga aloqador deb, har qanday mulkni xatlab qo‘ya olmaydi. Bundan buyon, mulk huquqini cheklashga oid har qanday harakat faqat sud orqali bo‘ladi;

- sudda ishlarni ko‘rishda qatnashadigan alohida prokurorlar korpusi shakllantiriladi. Ular maxsus o‘qitiladi, ishni sudda ko‘rishda xolis, mustaqil bo‘lishi qonun bilan belgilanadi;

- odil sudlovni ta’minlashda himoyachiga berilgan huquqlar ham qayta ko‘rib chiqilib, yetmaydigan vakolatlar beriladi;

- sudlarga jinoyat ishi faqat ayblov xulosasi bilan emas, balki himoyachi fikri bilan birga qabul qilinadi.

- ayblanuvchining himoyachidan voz kechishi bo‘yicha har bir holat prokuror, sud tomonidan sinchiklab o‘rganiladigan tizim joriy qilinadi.
👍1👏1🎉1
Prezident oxirgi paytlarda ayrim ushlab turish joylarida inson huquqlari buzilishi bo‘yicha og‘riqli masalalar ko‘tarilayotganini qayd etdi.

"Bizning yurtimizda bunday holatlar umuman bo‘lishi mumkin emas. Kim bunga amal qilmasa, qonun ustuvor, jazo muqarrar bo‘ladi", - dedi davlat rahbari.

Shu bois, bunday joylarga olib kelingan barcha shaxslarni hisobga olishning onlayn tizimi joriy etiladi va yuzni tanish uskunasi o‘rnatiladi.

Ma’muriy sudlarga hokim qaroridan norozi bo‘lib murojaat qilinganda, ishlarni eksterritorial tartibda, ya’ni boshqa hududda ham ko‘rish amaliyoti joriy qilinadi.

O‘zbekistonda mulk va investisiyaning himoyasini kuchaytirish maqsadida Xalqaro tijorat sudini tashkil qilish bo‘yicha ham amaliy ishlar boshlangani ta’kidlandi.
👍1👏1🎉1
Nurafshon shahri hokimligi
Prezident oxirgi paytlarda ayrim ushlab turish joylarida inson huquqlari buzilishi bo‘yicha og‘riqli masalalar ko‘tarilayotganini qayd etdi. "Bizning yurtimizda bunday holatlar umuman bo‘lishi mumkin emas. Kim bunga amal qilmasa, qonun ustuvor, jazo muqarrar…
«Ochiq aytish kerak, energetika sohasidagi muammolar bugun paydo bo‘lib qolgani yo‘q.

Ko‘p yillar davomida yangi gaz konlariga investitsiya kiritilmagani, elektr va gaz tarmoqlari modernizatsiya qilinmagani ham, ayni haqiqat.

Oqibatda, tizimda aniq hisob-kitob yo‘qligi, katta yo‘qotishlar oddiy holga aylanib qolgan edi.

Shu bilan birga, so‘nggi olti yilda aholimiz 12 foizga, sanoat korxonalari esa 2 barobarga ortib, 45 mingdan 100 mingtaga ko‘paydi.

Natijada, elektr energiyasiga talab kamida 35 foizga oshdi va yildan-yilga ko‘payib bormoqda», — Prezident.
👍1👏1🎉1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёев ихчам, самарали давлат бошқарув тизимига ўтиш вақти келганини таъкидлади

Президент Шавкат Мирзиёев отметил, что настало время перейти к компактной, эффективной системе государственного управления

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
👍1👏1🎉1
Президент Мурожаатномасидан энг муҳим иқтибослар

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
👍1👏1🎉1
Kelgusi yil iqtisodiyotimizda energiyani iqtisod qilish yili bo‘ladi — Shavkat Mirziyoyev.
👍1👏1
«Kelasi uch yilda barcha davlat tashkilotlarida quyosh panellari va issiq suv kollektorlari o‘rnatiladi.

🔷 Ushbu maqsadlarda 2 milliard dollar miqdorida investitsiya jalb qilinadi.

🔷 Buning hisobiga, ularning 60 foiz elektr va gaz iste’moli “yashil energiya”ga o‘tkaziladi.

🔷 Aholi xonadonlarida esa, quyosh paneli o‘rnatishga ajratiladigan subsidiyalar hajmi 2 barobarga ko‘paytiriladi», — Prezident.
👏2👍1🎉1
Президент Мурожаатномасидан энг муҳим иқтибослар

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
👍1👏1🎉1
"Одамларимизга энергиянинг қадрига етиш, уни тежашни ўргатиш керак. Қонунларимизда ҳам бу масалаларни мустаҳкамлаш зарур", — Президент
👏2👍1
Shavkat Mirziyoyev:

«Millati, tili va dinidan qat’i nazar, O‘zbekistonni o‘zining Vatani deb biladigan, uning ravnaqi uchun hissa qo‘shib kelayotgan har bir fuqaro bundan buyon ham davlatimiz va jamiyatimizning e’tibori va ardog‘ida bo‘ladi.

Millatlararo do‘stlik, diniy konfessiyalar o‘rtasidagi hamjihatlik, ijtimoiy bag‘rikenglik muhitini yanada mustahkamlash uchun bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etamiz».
🎉2👏1
Nurafshon shahri hokimligi
Shavkat Mirziyoyev: «Millati, tili va dinidan qat’i nazar, O‘zbekistonni o‘zining Vatani deb biladigan, uning ravnaqi uchun hissa qo‘shib kelayotgan har bir fuqaro bundan buyon ham davlatimiz va jamiyatimizning e’tibori va ardog‘ida bo‘ladi. Millatlararo…
«Butun dunyoda kuchayib borayotgan radikalizm, ekstremizm, terrorizm, odam savdosi, giyohvandlik kabi xatarlar, afsuski, bizni ham chetlab o‘tmayapti.

Lekin, takror aytaman, musulmon ummatiga saboq bergan Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy kabi buyuk ulamolar yetishib chiqqan bizning diyorimizda bu borada adashganlar, radikalizm va ekstremizm g‘oyalariga berilganlar bo‘lishi mumkinmi?

Biz jamiyatimizda har qanday radikallashuvga, yoshlarimiz ongini buzg‘unchi yot g‘oyalar bilan zaharlashga, dindan siyosiy maqsadlarda foydalanishga, ma’rifat o‘rnini jaholat egallashiga yo‘l qo‘ymaymiz», — Shavkat Mirziyoyev.
👏2👍1