Nurafshon shahri hokimligi
3.27K subscribers
43.1K photos
3.92K videos
53 files
12.3K links
Download Telegram
#bayram_shukuhi

Nurafshon shahrida Oʻzbekiston Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 31 yilligi va Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan shahar markazidagi Motamsaro ona haykali poyiga gul qoʻyish marosimi oʻtkazildi.

Shu munosabat bilan faxriy qorovul saf tortdi.

Unda shahar hokimi Muzaffar Saliyev, shahar hokimligi, mutasaddi tashkilot vakillari hamda keng jamoatchilik vakillari haykal poyiga gul qoʻydi.

Ona siymosiga hurmat-bajo keltirildi.

📲 Bizni kuzatib boring:👇

Sayt I Telegram I Facebook I Youtube
#bayram_shukuhi

Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 31 yilligi hamda 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni bayrami mamlakatimizning barcha hududlarida boʻlgani kabi Nurafshon shahrida ham katta tantana bilan nishonlanmoqda.

Bugun shahrimizdagi "Tong" madaniyat markazida sana munosabati bilan bayram tadbiri bo'lib o'tdi.

Tadbirda Nurafshon shahar hokimi Muzaffar Saliyev harbiylarni bayram bilan qutladi.

Bir guruh harbiy xizmatchilar, milliy gvardiya, qo'riqlash, favqulodda vaziyatlar bo'limi xizmatchilariga "Nurafshon shahrining 5 yilligi" yubiley esdalik ko‘krak nishoni hamda shahar hokimligi tomonidan tashakkurnoma, faxriy yorliq va esdalik sovgʻalari topshirldi.

Shundan so'ng shahar madaniyat bo'limi tomonidan musiqiy dastur namoyish etildi. Vatan madhini tarannum etgan kuy-qoʻshiqlar tadbirga yana-da bayramona zavq bagʻishladi.

📲 Bizni kuzatib boring:👇

Sayt I Telegram I Facebook I Youtube