Nurafshon shahri hokimligi
3.26K subscribers
43.3K photos
3.97K videos
53 files
12.3K links
Download Telegram
Dehqonobod mahallasidagi Sumalak saylida Nurafshon shahar tibbiyot birlashmasiga qarashli ko’p tarmoqli markaziy poliklinika xodimlari aholiga tibbiy ko‘rik tashkil etishdi.
Hurmatli fuqarolar hamda tadbirkorlar !!!

2023-yil 27-fevral kuni Toshkent viloyati Yoshlar agentligi binosida Quyosh panellari bo'yich energomarket.uz platformasi hama ta'minotchilar tomonidan seminar tashkil etilgan.
Sizlarni seminarda kutib qolamiz.
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Nurafshon shahar bo‘linmasi ish rejasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 19-yanvardagi 92-sonli qarori ijrosini ta’minlash, yoshlarning intellektual jihatdan kamol topishini va ma’naviy rivojlanishini ta’minlash, shuningdek, kitobxonlikni targ‘ib qilish maqsadida Nurafshon shahar 9-umumta’lim maktabi o‘quvchilari o‘rtasida “Yosh kitobxon” tanlovlari tashkil etildi.
Tanlovda 3 ta jamoa ishtirok etishdi.
G‘oliblarga shahar ma’naviyat va ma’rifat bo‘linmasi tomonidan diplom va kitoblar topshirildi.
Shahrimiz hududlarini obod qilish, mahallalarda infratuzilma bilan bog‘liq eng dolzarb masalalarni tizimli hal etish, xususan, joylarda ichki yo‘llar, ichimlik suv, elektr energiyasi va gaz ta’minotini, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, sport va boshqa infratuzilma obyektlarini yaxshilash, shu asosda aholi uchun munosib turmush sharoitlarini yaratish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 408-sonli qarori ijrosi bo‘yicha 2-sektor Qumariq mahalla fuqarolari yig‘inida aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash maqsadida ichimlik suvi quvirlarini o‘tkazish ishlari jadal olib borilmoqda.
Yurtimizda turli bayramlar, muqaddas sanalar oldidan umumxalq xayriya hasharini o‘tkazish va shu orqali hududlarni obodonlashtirish yaxshi an’anaga aylangan. Bugun erta tong sahardan Nurafshon shahrimiz ko‘chalarida ham obodonlashtirish ishlari jadal olib borilmoqda.
Hurriyat mahalla fuqarolari yig‘inida obodonlashtirish ishlari davom etib, ariq tozalash ishlari olib borilmoqda.