Nurafshon shahri hokimligi
3.26K subscribers
43.3K photos
3.97K videos
53 files
12.3K links
Download Telegram
Joriy yilning 25-fevral kuni Nurafshon shahridagi 1-sonli ixtisoslashtirilgan maktabida mudofaa vazirligi bilan birgalikda 11- sinf o‘quvchilari o‘rtasida Straytbol bo‘yicha sport-vatanparvarlik o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. O‘yinlar maktab hududida joylashgan tirida bo‘lib o‘tdi, u yerda yaqinda ta’mirlash ishlari olib borildi va shunga o‘xshash tadbirlar uchun tiklandi. Peyntbol maydonchasi uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Bu mashg‘ulotlarda o‘quvchilar ko‘plab bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishdi, jismoniy tayyorgarligini: yugurish, otish, mashq bajarish bo‘yicha sinab ko‘rishdi. Bularning barchasi ularda vatanparvarlik ruhiyatida tarbiyalashda, shuningdek, strategik fikrlashga majbur qiladi. Jamoada ishlash ko‘nikmasini rivojlantiradi.
Nurafshon shahar JOME masjidi ko‘chasida Degantepa mahalla fuqarolari yig‘inida yashovchi kam ta’minlangan xonadonlarga ehsonlar tarqatildi.
Ijtimoiy tarmoqlarda Nurafshon shahar Navro‘z mahallasi, Shifokor ko‘chasida mahalla ichki yo‘llarida 7 dona quduqlar qopqog‘i ochiqligi, Nurafshon avtoshoh bekati qurilgan, ammo bu yer markaziy shohbekat ekanligi bugun mas’ullarning ham, yo‘lovchi-yu haydovchilarning ham yodidan ko‘tarilib ketgani tanqid qilingan. “Toshkent yo‘li” ko‘chasida, Xalq banki ro‘parasidagi chorrahada bir necha kundan beri svetofor ishlamayotgani sabab, yo‘lovchilar yo‘lni kesib o‘tishda qiynalayotgani tanqid qilingan. “Chig‘iriq” mahallasidagi asosiy qatnov yo‘li ta’mirtalab ahvolga kelib qolgani tasvirlangan. Nurafshon shahar hokimi tanqid qilingan muammolarni joyiga chiqib o‘rganib, yig‘ilish o‘tkazdilar va tegishli mutassaddi rahbarlarga ogohlantirish berib kamchiliklarni tez kunlarda bartaraf etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
2-sektor Qumariq mahalla fuqarolari yig‘inida ham sumalak sayli bo‘lib o‘tdi
"BAHOR KELDI SENI SO‘ROQLAB"
Toshkent viloyati Nurafshon shahar halq ta’limga qarashli 57-sonli umum ta’lim maktabida "BAHOR KELDI SENI SO‘ROQLAB" mavzusida ma’naviy ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Bahorning ilk kuni va shuningdek, o‘zbek halqining sevimli shoirasi, taniqli jamoat arbobi, O‘zbekiston halq shoiri Zulfiyaxonim Isroilovaning tavallud topgan ayyomi munosabati bilan badiiy kecha tashkil etildi. Tadbirda Nurafshon shahar hokimining xotin qizlar masalasi bo‘yicha o‘rinbosari, "Zulfiya" nomli davlat mukofotining sovrindori Komola Pardabayeva tadbirda o‘zi yozgan she’rlarni o‘qidi. Tadbir tashkilotchilarni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Nurafshon shahar bo‘linmasi nomidan Shuxrat Payg‘ambarovich samimiy tabrikladi.
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Nurafshon shahar bo‘linmasi
#Jarayon
Xalq tibbiyot tizimidan qachon rozi bo‘ladi? Qachonki, bu yo‘nalishdagi islohotlar sifatli va manzilli amalga oshirilsa, albatta.

🏢Shu bois bugun davlatimiz rahbari soha oldiga butunlay yangi talab va vazifalar qo‘ymoqda. Eng avvalo, sifatli tibbiy xizmatni tarmog‘ini yanada kengaytirish, tizimni odamlarga yanada yaqinlashtirish, bu orqali yurtdoshlarimizning sog‘liqni saqlash yo‘nalishidan roziligini ta’minlashga jiddiy e’tibor qaratilyapti.
🏥 Nurafshon shahar tibbiyot birlashmasi “Inson qadri uchun” shiori ostida aholiga tibbiy xizmat sifatini yaxshilash, sog’liqni saqlash tizimini yanada kengaytirish, yurtdoshlarimizning ushbu yo’nalishidan roziligini ta’minlash maqsadida zamonaviy tibbiy jihozlar(sterilizator,neanatol stol,Sepap aparati,EKG,xoltor,UTT va porpativ UTT,difibliyator azonoterapiya aparatlari) bilan ta’minlandi.