Nurafshon shahri hokimligi
3.26K subscribers
43.3K photos
3.97K videos
53 files
12.3K links
Download Telegram
Nurafshon shahar 57-sonli o‘rta ta'lim maktabi majlislar zalida shahar hokimi, prokuror, IIB boshlig‘i rahbarlari boshchiligida Taraqqiyot va Yuksalish mahalla fuqarolari yig‘inida yashovchi aholining turmush tarzi va ijtimoiy masalalarini o‘rganish bo‘yicha sayyor qabul o‘tkazildi. Bo‘lib o‘tgan sayyor qabulda fuqarolarning murojaatlari atroflicha va to‘liq o‘rganib chiqilishi va ijrosini ta’minlash bo‘yicha shaharning tegishli mutasaddi tashkilotlariga topshiriqlar berilidi. Ijrosi hudud sektori rahbari tomonidan nazoratga olindi.
Nurafshon shahar 2-sektor hududidagi Obod turmush mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi noqonuniy qurilmalar buzilib, sektor rahbari F.Mirzayevning tashabbusi bilan obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.
Yangi obod mahalla fuqarolari yig‘ini Nurafshon City hududida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda.
Dehqonobod mahalla fuqarolari yig‘inida yashovchi Ulug‘ Vatan urushi qatnashchisi R.Ilesov otaxonimiz holidan xabar olindi
4-sektor rahbari S.Norxodjayev tashabbusi bilan bugun Sumalak sayli shahar markazida joylashgan Amfiteatrda bo‘lib o‘tmoqda. Sizlarni yangilanish va yosharish fasli bo‘lmish Bahor faslining ilk kunlariga bag‘ishlab "Urf odat qadriyat an’ana va yoshlar" shiori ostida o‘tkazilayotgan "Sumalak sayili"ga taklif etamiz Aziz vatandoshlarimiz.