Nurafshon shahri hokimligi
3.21K subscribers
43.5K photos
4.01K videos
58 files
12.4K links
Download Telegram
#Nurafshon_shahri

Nurafshon shahar “Oybek” MFY hududida faoliyat yuritayotgan "Textile Mill Tashkent" MChJ QK korxonasi 2011-yil 9-martda tashkil topgan bo‘lib, X.Zoxidov rahbarlik qiladi. Asosiy faoliyat turi trikotaj (paypoq) mahsulotlari ishlab chiqarish.

"Textile Mill Tashkent" MChJ QK tomonidan 2022-yil uchun Rossiya, Germaniya, Fransiya va Bolgariya davlatlari bilan jami 5,0 mln. dollarga shartnomalar tuzilib, shartnomaga asosan joriy yilning 31-dekabr holatiga 4512,8 ming dollarlik tayyor trikotaj (paypoq) mahsulotlari eksport amalga oshirilgan.

Hozirgi kunda "Textile Mill Tashkent" MChJ QK da 400 nafar ishchi xodimlar ish bilan band. Korxona tomonidan topshirilgan statistik hisobotlarga ko‘ra, yiliga 18 mln. juft paypoq ishlab chiqarish quvvatiga ega.

2021-yil mobaynida qo‘shimcha 426,6 ming dollar qiymatidagi asbob-uskunalar ko‘rinishida investitsiyalar kiritilgan.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
#Jarayon

Joriy yilning 15-mart kuni Nurafshon shahar 26-sonli umumta’lim maktabida Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi Nurafshon shahar bo‘linmasi hamda 26-sonli umumta’lim maktabning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari va maktab kutubxonachisi bilan hamkorligida “Sharq ayoli ma’rifati” tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirda “Milliy libosimiz-milliy qadriyatimiz bezagi” mavzusida targ‘ibot ishlari tashkil etildi.

Tadbir davomida tadbir ishtirokchilariga o‘quvchilar tomonidan tayyorlangan konsert dasturi va milliy liboslar namoyishi taqdim etildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
🟥🟥🟥

⚡️Nurafshonshahargaz” gaz ta’minoti bo‘limi Sizga shuni ma’lum qiladi. “O‘rtasaroy” GTS da olovli ishlar olib borilishi munosabati bilan Nurafshon shahar Qumariq va Evalak MFY larning barcha ko‘chalari, Dexqonobod MFY ning Dexqonobod va Baxt ko‘chalari, Degantepa MFY ning Zarxayot ko‘chasi Muqumiy MFY ning Shodlik ko‘chasi, Navro‘z MFY ning Shifokor va Sug‘diyona ko‘chalari aholi va ulgurji iste’molchilarida 2023 yil 16 mart kuni soat 13:00 dan soat 17:00 ga qadar gaz ta’minoti to‘xtatiladi. Gaz ta’minoti to‘xtatiladigan axoli xonadonlar soni 720 tani, ulgurji iste’molchilari soni esa 14 tani tashkil qiladi.

Murojaat uchun tel:
☎️ +998 (99) 004-81-04
Nurafshonshahargaz” bo‘limi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Sport
#Nurafshon_shahri

Bugun “Nurafshon Arena sport maydonida” Nurafshon shahar tibbiyot birlashmasi xodimlari tomonidan “Har kuning Navro‘z bo‘lsin, jonajon O‘zbekistonim!”shiori ostida nishonlanayotgan Navro‘z bayramini ko‘tarinki ruhda nishonlash maqsadida Nurafshon shahar sport maktabi xodimlari bilan hamkorlikda sport musobaqalari (100 metrga yugurish, arqon tortish va stol tennisi), piyoda yurish va ertalabki badantarbiya mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi.

1,2,3-o‘rinlarni qo‘lga kiritgan g‘oliblarga mas'ullar tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi. Maqsad: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenting 2020-yil 30-oktabrdagi “Sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ibot etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari” to‘g‘risidagi 6099-sonli farmoni ijrosini ta'minlash.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
Audio
🟦🟦🟩🟩

Chorshanba - investitsiya, eksport masalalarini oʻrganish va sanoat zo'nalarida olib borilayotgan
ishlar bilan tanishish kuni.

🔘Boʻstonliq tumani. Xitoyning “Sinomach” korporatsiyasi vakillari hududning infratuzilma sharoitlarini oʻrganish uchun tashrif buyurishdi.

🔘Olmaliq shahri. Mutasaddi rahbarlar Hamza MFYda faoliyat yuritayotgan “Elegant Garment Textile” MCHJ faoliyatini oʻrgandilar.

🔘Zangiota tumani. Investitsiyalar va tashqi savdo boʻlimi xodimlari hamda tijorat banklari masʼullari eksportchi korxonalar faoliyati bilan tanishib, qoʻllab-quvvatlash boʻyicha takliflar berdi.

🔘Yuqori Chirchiq tumani. 240 gektar maydon yengil konstruksiyali issiqxonalar qurilishi uchun ajratilgani hududning eksport salohiyati ortishiga xizmat qilmoqda.

🔘Nurafshon shahri. Oybek MFY hududida faoliyat yuritayotgan “Textile Mill Tashkent” MCHJ qoʻshma korxonasi trikotaj mahsulotlarini Rossiya, Germaniya, Fransiya va Bolgariya davlatlariga eksport qilmoqda.

📹DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KO'RISH
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Tabrik

Hurmatli Axmedkulov Baxtiyor Jo‘raevich!
Sizni qutlug‘ 52 bahoringiz bilan samimiy muborakbod etamiz. Oilangizga tinchlik-xotirjamlik, fayzu-baraka, o‘zingizga mustahkam sog‘liq, yaxshi kayfiyat doimiy hamrohingiz bo‘lishini tilaymiz!

Nurafshon shahrini rivojlanishida qo‘shayotgan samarali mehnatlaringiz va kelgusida rejalashtirgan ishlaringizni muvaffaqqiyat bilan amalga oshirilishida hamda ular orqali ulkan natijalarga erishib, shahrimizning iqtisodiy-ijtimoiy rivojiga munosib hissa qo‘shishingizda tilakdoshmiz!

Oilangiz, barcha yaqinlaringiz va do‘stlaringiz hamda jamoamiz baxtiga har doim sog‘-salomat bo‘ling!

✍️Samimiy tilaklar bilan Nurafshon shahar hokimligi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
#Ob_havo

🌤 16 - Mart : Nurafshon shahrida ob-havo

☀️Bugun kunduzi + 19°...+ 21° daraja iliq boʻlib, shimoliy-g'arbdan 2-3 m/s tezlikda shamol esadi. Havo namligi 35-47% ni tashkil etadi.

🌔Bugun kechasi + 15°...+ 19° daraja iliq boʻladi, shimoldan sekundiga 2 m/s tezlikda shamol esadi. Havo namligi 44-81% ni tashkil etadi.

➡️Kanalga ulanish: https://t.me/Nurafshonpressa

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
#Jarayon

Degantepa mahalla fuqarolari yig‘ini ko‘chalarida umumxalq “Navro‘z” bayrami oldidan obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website