Nurafshon shahri hokimligi
3.21K subscribers
43.7K photos
4.03K videos
61 files
12.4K links
Download Telegram
Президент Шавкат Мирзиёев Сирдарёда халқ депутатлари вилоят кенгаши сессиясида иштирок этмоқда.

Давлат раҳбари сессиядаги нутқида Сирдарёни саноат, тадбиркорлик, қишлоқ хўжалиги, таълим ва тиббиёт бўйича “илғор инновациялар ҳудуди”га айлантириш зарурлигини таъкидлади.

– Инновацион ҳудудда ҳоким, вилоят, туман раҳбарлари аҳоли ва тадбиркорларга шароит яратиш бўйича ҳар куни янгиликка интилиши, дунёқараши ва ёндашувлари ўзгариши керак.

Вилоятни инновацион ҳудудга айлантириш учун қайси давлат тажрибасини олиб келиш бўйича кўп ўйладик. Тан олиш керак, охирги йилларда Хитой саноат, қишлоқ хўжалиги, таълим ва тиббиётда мисли кўрилмаган ютуқларга эришди. Хитойнинг илм, инновация, муҳандислик, электротехника, робототехника ва IT йўналишларида тажрибаси катта. Энг асосийси, Хитой бизга транспорт-логистика жиҳатидан энг яқин йирик бозорлардан бири.

Хитойлик инвесторларнинг ҳам вилоятга қизиқишлари катта. Охирги олти йилда хитойлик инвесторлар билан бирга Ширин шаҳри, Мирзаобод ва Сирдарё туманларида 60 дан ортиқ йирик саноат корхоналари иш бошлаган. Вилоятга 2022 йилнинг ўзида 250 миллион доллардан зиёд Хитой инвестициялари жалб қилинган. Бу вилоят инвестициясининг деярли 90 фоизи.

Шу боис, Сирдарёда барча соҳаларни ривожлантиришда Хитой тажрибасига таянишимиз лозим, – деди Шавкат Мирзиёев.

Facebook|Instagram|Twitter
Давлат раҳбари Сирдарё аҳолиси фаровонлигини янада оширишга қаратилган 5 та янги ташаббусни илгари сурди.

Биринчидан, Илғор инновациялар ҳудудида биофармацевтика, қурилиш материаллари, қишлоқ хўжалиги, озиқ-овқат, электротехника, тиббиёт, таълим соҳаларининг 20 та йўналишидаги лойиҳаларига алоҳида имтиёзлар режими жорий қилинади:

- ер, мол-мулк, фойда ва айланма учун солиқлар ҳамда божхона божларидан 3 йилгача озод қилинади;

- ер участкалари соддалашган тартибда ажратилади, ер ва биноларни сотиб олишда 5 йилгача бўлиб тўлашга рухсат берилади;

- фоиз тўловларини қоплаб бериш ставкаси 2 баравар оширилади.

Шунингдек, Сирдарёда 500 миллион долларлик инвестиция ҳисобига Ўзбекистон-Хитой биотехнологиялар кластери барпо этилади. Бу кластерда Хитойнинг етакчи олийгоҳлари билан бирга Гулистонда халқаро таълим ва тадқиқот университети, Инновацион тиббиёт клиникаси, Марказий Осиё геном маркази, онкологик касалликларни даволаш учун Ҳужайра терапияси маркази ташкил қилинади.

Шунингдек, кластер томонидан замонавий диагностика қурилмалари, инновацион вакциналар, пробиотиклар ва онкологик касалликлар учун дори воситалари ишлаб чиқарилади. 10 минг талаба учун ўқув бинолари, замонавий кампус, лабораториялар, муҳандислар мактаби ташкил этилади.

Facebook|Instagram|Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#kadrlar_zahirasi

Endilikda, mahallalardagi xodimlar rahbarlarning dublyori sifatida faoliyat olib borishadi

Mahallalarda faoliyat olib borayotgan hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari, xotin-qizlar faollari orasidan salohiyatli kadrlar zahirasi yaratilmoqda.

Jumladan, Toshkent viloyatida ham 31 nafar ana shunday kadrlar saralab olinib, ular turli yoʻnalishlarda rahbarlarga dublyor sifatida biriktirildi.

Batafsil “Nurafshon TV” telekanali lavhasida

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#sayyor_qabul

Nurafshon shahar 2-sektor ishchi guruhi tomonidan navbatdagi fuqarolarning sayyor qabuli Toʻy-tepa maxalla fuqarolari yigʻinida oʻtkazilidi. Murojaatlarning yechimlari boʻyicha mutasaddi tashkilotlarga koʻrsatmalar berildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
#Munosabat

“Arzimagan sabab tufayli haydovchilar Nurafshon shahrini aylanib oʻtishga majbur boʻlmoqda” mazmunida ijtimoiy tarmoqlarda xabar tarqalgan.

Bunga izoh qilib shuni ko‘rsatamiz, Joriy yilning 28 mart kuni Nurafshon shahar hokimligi telegrammida “O‘zbekiston Temir yo‘llari”AJ “Toshkent mintaqaviy temir yo‘l uzeli ”UK Toshkent temir yo‘l masofasi boshlig‘i J.X.Sodiqovning 2023-yil 27-martdagi K-111-sonli murojaati, hamda shahar hokimining qaroriga asosan, Toshkent viloyati, Nurafshon shahar, Chigʻiriq maxalla fuqarolari yigʻini, Toshkent yoʻli koʻchasida joylashgan .4R 19 avtomobil yoʻlining 3 kmda Toʻy-tepa temir yoʻl bekatining 42 km pk5 dagi qoʻriqlanadigan temir yoʻl kesishmasini avtomobil yoʻli bilan kesishuvchi qatnov qismini taʼmirlash ishlari 2023-yilning 29-30-mart kunlari amalga oshirilishi munosabati bilan temir yoʻlning avtomobil yoʻli bilan qatnov qismini toʻliq yopilishi haqida ogohlantirilgan.

Hozirgi kunda taʼmirlash uchun yopilgan yoʻl toʻliq taʼmirdan chiqarilgan va qatnov uchun ochilgan.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
#haftalik_reja_ijrosi

Joriy yilning 7 aprel kuni Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Nurafshon shahar bo‘linmasi hamkorligida 19-sonli umumtaʼlim maktabida, "Farzandimga kitob sovg'a qilaman" deb nomlangan aksiya o'tkazildi.

O'tkazilgan aksiyaga shahar markazidan ko'chma kitob do'koni taklif etildi. Ota onalar, o'qituvchilar va o'quvchilar faol qatnashdilar.

O'tkazilgan aksiyada 100 ga yakin ishtirokchilar kamrab olingan.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
Forwarded from AOKB TOSHKENT vil
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#befarqemasman

Umid Nabiev, xalqaro toifadagi sport ustasi, Toshkent viloyati Zangiota tumani "Vatanparvar" MFY yoshlar yetakchisi:

— Konstitutsiyamizga kiritilayotgan o‘zgarishlarda biz yoshlarga ham keng imkoniyatlar berilmoqda. Qonuniy huquqlarimizga befarq bo‘lmagan holda yoshlarni 30- aprel kuni bo‘lib o‘tadigan referendumga chorlayman.

https://t.me/AOKBToshvil
🟥🟥🟥

Axborotsiz yashash mumkinmi
Yoʻq❗️

Kimdir eshitganiga, yana kimdir oʻqiganiga, ayrimlar bor — faqat koʻrganiga ishonadi.

💬Tezkor maʼlumotlar kerakmi — “Telegram” kanalimizdan topasiz;

🌐Sifatli surat va videolar maʼqulmi — unda “Instagram” sahifamiz aynan siz uchun;

🌐Izlayotgan videomateriallaringizni esa shubhasiz,
“YouTube” imizdan topasiz;

🌐Munozaralar markazida boʻlishni istaysizmi — u holda “Facebook” sahifamizni kuzatib boring.

🌐Shahar hokimligi haqida ma'lumot kerakmi — unda mazkur "Rasmiy saytimiz" orqali topishingiz mumkin.

Shahar hokimligining axborot makonidagi eng tezkor va ishonchli manbalarga ulaning va obuna boʻling. Bu Sizga shahar hayoti bilan hamnafas yashash imkonini beradi.
Bizdan uzoqlashmang!

👉Kanalga ulanish: https://t.me/Nurafshonressa

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#eʼtibor

Dehqonobod mahalla fuqarolari yigʻinida yashayotgan keksalar, ijtimoiy himoyaga muxtoj fuqarolar hamda front orti qatnashchisi 93 yoshli moʻtabar onaxonga “Inson qadri ulugʻ” tamoyili va “Ramazon” oyi munosabati bilan homiylar tomonidan ehson tarqatildi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website