Nurafshon shahri hokimligi
3.2K subscribers
43.7K photos
4.03K videos
61 files
12.4K links
Download Telegram
#jarayon

Muborak va qutlug' Ramazon oyi davomida Nurafshon shahrida o'tkazilayotgan xayrli amallar va iftorlik tadbirlari davom etmoqda

Muhtaram Prezidentimiz tashabbusi bilan Nurafshon shahar hokimligi va "Mahalla" hayriya jamoat fondi hamkorligida "Obod turmush " mahallasida ro‘zadorlarga va ehtiyojmand oilalarga iftorlik dasturxoni yozildi.

Barcha fuqarolar xursand va mamnun bo'ldi, saxovatli homiylarimizga va Nurafshon shahar hokimligiga yuksak minnatdorchilik bildirishdi. Bu kabi savobli tadbirlarni tashkillashtirishda o'z xizmatlarini ayamayotgan ma'sul shaxslarga tashakkur bildirib qolamiz.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
Forwarded from Daryo — LIVE
“Krasnogorsk” qo‘rg‘onini Parkent, Toshkent va Nurafshon shaharlari bilan bog‘lovchi avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yildi

@daryo_live
#jarayon

Nurafshon shahrida iftorlik tadbirlari, saxovatli insonlarning xayrli amallariga boy bo'lgan ishlar davom etmoqda

Xususan, Kasaba uyushmasi respublika kengashi tomonidan Uchqun MFY da istiqomat qiluvchi ehtiyojmand oilalar uchun oziq-ovqat mahsulotlari topshirildi.

Barcha shahrimiz aholisi qilinayotgan savobli ishlardan mamnun va o'z minnatdorchiligini bildirib qolishmoqda. Shahrimiz bo'ylab amaldagi chora- tadbirlar hududlar kesimida o'tkazilmoqda.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#befarqmasman

Shahzada Auesbayeva, Qibray tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh maslahatchisi:

– Yangilangan Konstitutsiyada O‘zbekiston ijtimoiy davlat deb e’lon qilingan. Davlatning ijtimoiy normalari va majburiyatlari soni qariyb 3 barobar oshadi.
Xususan, Konstitutsiyada “Inson – jamiyat – davlat” tamoyili mustahkamlangan, ya’ni inson manfaatlari hamma narsadan ustun ekanligi kafolatlangan.
Konstitutsiyamizda yoshlarning oliy o‘quv yurtlarida grant asosida o‘qish huquqi ham belgilab berilgan. Shunday qilib, iqtidorli yoshlarga davlat hisobidan oliy ta’lim olish imkoniyati yaratilmoqda

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook 🌐Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#open_budjet

"Ochiq budjet ” axborot portalida “Mening yo‘lim” loyihasining joriy yilgi mavsumiga 17-apreldan start berildi

Tuman (shahar) budjetlarida hududiy ichki yo‘llarni ta’mirlash uchun rejalashtirilgan mablag‘larning kamida 50% qismini fuqarolar fikri asosida yo‘naltirishini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan “Mening yo‘lim” loyihasining joriy yilgi mavsumi uchun 312 mlrd. so‘mdan ortiq mablag‘lar yo‘naltirilishi rejalashtirilgan.

Loyiha doirasida taklif kiritish jarayoni joriy yilning 27-aprel sanasiga qadar davom etadi. Kiritilgan takliflar uchun ovoz berish jaroyonlari 28-apreldan 7-may kuniga qadar o‘tkaziladi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Муддатидан олдин овоз бериш тартиби

✔️ Референдум куни ўз яшаш жойида бўлиш имкониятига эга бўлмаган овоз берувчи муддатидан олдин овоз бериш ҳуқуқига эга.

🗓 Референдумда муддатидан олдин овоз бериш 19-26-апрел кунлари амалга оширилади.

Saylov.uz | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | Ok.ru | YouTube
Forwarded from AOKB TOSHKENT vil
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#befarqemasman

Зуҳро Акбарова, зоология фанлари доктори:

— Бир неча йиллардан буён олий таълим соҳасида фаолият олиб бораман. Бугун янгиланаётган Конститутциямизга бефарқ эмасман, сабаби 51-модданинг 2-қисмида олий таълим ташкилотларига академик эркинлик, ўз-ўзини бошқариш, тадқиқотлар ўтказиш ва ўқитиш эркинлиги ҳуқуқи кафолатланмоқда. Ана шундай илмга, таълимга фанга бўлган эътибор конститутциявий даражада белгиланиши, бу албатта, ҳар қандай давлат ва жамиятнинг тараққий этишини, ривожланишини кафолатлайди. Мен бунга бефарқ эмасман.

@menbefarqemasman
Forwarded from AOKB TOSHKENT vil
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#befarqemasman

Икром Маткаримов, Хоразм вилояти ҳокимлиги ҳузуридаги Фуқароларнинг ўзини ўзи бошқариш органлари ходимларининг малакасини ошириш бўйича ўқув курслари директори:

— Янгиланаётган Конститутциямизда фуқароларни ўз-ўзини бошқариш органлари масаласига алоҳида эътибор берилган. Жумладан, 17-моддада Ўзбекистон Республикаси қонунчилигида биринчи маротаба Асосий Қонунда Ўзбекистон Республикасида фуқароларни ўз-ўзини бошқариш органлари давлат ҳокимият органлари сирасига кирмаслиги аниқ белгиланмоқда. Бу Ўзбекистонда муҳим институт саналган маҳалланинг ўзига хос қонуний асосини яратади. Ва албатта, шарқона демократиянинг бошқарув услуби сифатида маҳалланинг обрў-эътиборини юксак даражага кўтаришига ишонамиз. Биз барчани 30 апрель куни ўтказилаётган референдумда фаол иштирок этишга чорлаймиз. Биз бефарқ эмасмиз.

@menbefarqemasman
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#eʼtibor

15-aprel – “Madaniyat va sanʼat xodimlari kuni”

Sana munosabati bilan viloyatimizning barcha hududlarida madaniyat va sanʼat sohasida uzoq yillardan beri fidokorona xizmat qilib kelayotgan jonkuyar xodimlarining bir guruhi viloyat hokimligining tashakkurnoma va esdalik sovgʻalari bilan qutlandi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
#qarorijrosi

PF-5938-son ijrosi bo'yicha Nurafshon shahrida o'tkazilayotgan tadbirlar

"Oqila ayollar" harakati rahbari K.Rasulova boshchiligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-fevraldagi "Jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, mahalla institutini yanada qo‘llab-quvvatlash hamda Oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PF-5938-son ijrosi ta'minlandi.

Nuroniy onaxonlarni ijtimoiy-siyosiy hayotga keng targ‘ib etish orqali oilalar va mahallalarda ijtimoiy-ma’naviy muhitni barqarorlashtirish, yoshlarni iymon-e’tiqodli, milliy odob va urf-odatlar ruhida tarbiyalash, yoshlarni mustaqil hayotga tayyorlashda ularning boy hayotiy tajribasidan foydalanishdan iboratligini tushuntirish maqsadida, "Oqila ayollar" harakati yetakchilari ishtirokida "Buvijonlar o'gitlari", “Erta tug‘ruq”, “Erta turmush” ning oldini olishga qaratilgan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website