Nurafshon shahri hokimligi
3.2K subscribers
43.7K photos
4.03K videos
61 files
12.4K links
Download Telegram
#jarayon

Nurafshon shahrida o'quv seminari o'tkazildi

Toshkent viloyati hokimi Z. Mirzayevning 2023-yil 11-apreldagi yig'ilish bayonotidagi topshirig'iga binoan Nurafshon shahar Kambag'alchilikni qisqartirish va bandlikka ko'maklashish bo'limi boshlig'i O.Ataullayev tashabbusi bilan Nurafshon shahar Tong madaniyat markazida "Quyonchilikni rivojlantirish" bo'yicha Quyi Chirchiq, Piskent va Nurafshon shahar hokim yordamchilariga o'quv seminari tashkil etildi.

Seminarga muvofiq, Nurafshon shahar aholi xonadonlarida quyonchilikni rivojlantirish va kooperatsiya faoliyatini yo'lga qo'yish vazifalari keltirib o'tildi.
Shuningdek, "Моя мечта" korxonasidan mutasaddi ishtirok etdi.

Kasbga va tadbirkorlikka o'qitish markazlarida quyonchilikni rivojlantirish bo'yicha targ'ibot va tashviqot ishlarini olib borish to'g'risida fikrlar bildirildi. Seminar ijrosi tez kunda o'z samarasini beradi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
RASMAN: RAMAZON HAYITI 2023-YIL 21-APREL KUNI NISHONLANADI

🌙 Oʻzbekiston musulmonlari idorasida Ramazon oyi va hayitini aniqlash uchun tuzilgan Ishchi guruhi xorijdagi nufuzli astronomiya markazlari va Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi qoshidagi Astronomiya institutidan olgan maʼlumotlarga koʻra, 1444 hijriy yil Shavvol oyining yangi oy fazasi (hiloli) shu yil 20-aprel, payshanba kuni Toshkent vaqti bilan soat 09:12 da sodir boʻlgan (tugʻilgan).

🔶 Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar Kengashi islom dini taʼlimotlari va mazkur astranomik maʼlumotlarga asoslangan holda diyorimizda joriy yilda Ramazon hayiti 2023-yil 21-aprel juma kuniga toʻgʻri kelishi haqida qaror qabul qildi.

Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

✉️Telegram 🌐Website  🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bildirish

Ramazon hayiti munosabati bilan oʻzbekistonliklar ketma-ket 4 kun dam olishadi

Ramazon hayitini nishonlash toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori eʼlon qilindi

Qarorga koʻra,

Joriy yilda Ramazon hayitining birinchi kuni 21-aprel – juma kuniga toʻgʻri kelishi toʻgʻrisida Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar kengashi tomonidan qabul qilingan qarorni inobatga olib, mamlakatimizda 2023-yil 21-aprel kuni Ramazon hayiti bayrami sifatida keng nishonlanadi.

Aholining Ramazon hayiti bayramini munosib kutib olishi va yuksak saviyada oʻtkazishi uchun qulay shart-sharoit yaratish maqsadida 2023-yil 24-aprel (dushanba) kuni ish haftasining turidan qatʼi nazar barcha xodimlar uchun qoʻshimcha dam olish kuni sifatida belgilandi.

Shuningdek, olti kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun 22-aprel kuni dam olish kuni sifatida belgilandi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
Forwarded from AOKB TOSHKENT vil
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#befarqemasman

Жавоҳир Синдаров, халқаро гроссмейстер:

— Ҳаёт — бу шахмат партияси. Тахта устидаги вазият тўхтовсиз ўзгаради. Муваффаққиятга эришиш учун вазиятдан устун бўлиш керак. Тўғри қарор учун вақт талаб этилади. 30 апрель — биз бефарқ эмасмиз!

@menbefarqemasman
#muloqot

Viloyat hokimi bir guruh yoshlar va ularning ota-onalari bilan muloqot qildi

🌐BATAFSIL

✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from AOKB TOSHKENT vil
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#befarqemasman

Абдулла Абдуҳалилов, Ўзбекистон ногиронлар ассоциацияси раисининг ўринбосари:

— Сўнгги йилардарда Ўзбекистон Президенти, ҳукумати томонидан ногиронлиги бор шахсларнинг ҳаёт сифатини оширишга катта эътибор қаратилмоқда. Биз буни янгиланаётган Конституция мисолида ҳам кўришимиз мумкин. Эътибор беринг, амалдаги Конституциямизда "ногиронлиги бор шахс" тушунчалари умуман келтирилмаган. Таклиф қилинаётган Конституцияда ногиронлиги бор шахсларга алоҳида эътибор қаратилган. Бу мамлакатимизда яшаётган барча ногиронлиги бор шахсларда муайян бир фахр, ишонч туйғусини уйғотади, улар ўз келажагига ишонишни бошлайди. Айнан шундан келиб чиқиб, мен таклиф қилинаётган Конституцияга бефарқ эмасман.

@menbefarqemasman
#Diqqat_eʼlon

Ramazon hayiti bayrami munosabati bilan ertaga, 21-aprel kuni soat 00:00dan 07:00ga qadar viloyatning ayrim hududlarida transport harakati (vaqtincha) toʻxtatiladi

🌐BATAFSIL

✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#jarayon

Nurafshon shahridagi maktab o'quvchilari uchun Ramazon hayiti sovg'alari topshirildi

Nurafshon shahar hokimi v.v.b. Q. Alkarov tomonidan bugungi ulug' ayyom "Arafa" kunida, shahrimiz maktablarining munosib ko'rilgan 79 nafar o'quvchi bolajonlarini ijtimoiy jihatdan qo'llab-quvvatlash, rag'batlantirish, kelajakdagi orzu- istaklarini ro'yobga chiqarishda biroz bo'lsada hissa qo'shish maqsadida "Ramazon Hayit" sovg'alari topshirildi.

Shuningdek, bolajonlarni xursand etish maqsadida bayram tadbiri ham tashkil etildi. Yosh bolajonlarning ko'zidagi ertangi kunga bo'lgan ishonch yaqqol namoyon bo'ldi. Shahrimiz yoshlari kelgusida Vatanimiz uchun komil, ma'naviyatli va bilimli yoshlar bo'lib yetishishiga ishonamiz.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website