Nurafshon shahri hokimligi
3.2K subscribers
43.9K photos
4.05K videos
61 files
12.4K links
Download Telegram
Nurafshon shahri hokimligi
Joriy yilning 22-may kuni shahar hokimligi Bolalarni himoya qilish shoʼba mudiri A.Jonqobilov, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi shahar bo‘linmasi rahbari О.Zakirov, shahar IIB inspektor psixologi katta leytenant Sh.Madaliev va Toshkent viloyati nuroniylar…
#E'TIBOR

📌O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 1-iyuldagi "Muhtoj shaxslarni protez-ortopediya moslamalari bilan ta’minlash tartibi to‘g‘risida"gi nizomni tasdiqlash haqida 411-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Nurafshon shahar Kambag’allikni qisqartirish va bandlikka ko’maklashish bo’limi tomonidan amaliy ishlar boshlandi.
✏️Nurafshon shahar Kambag’allikni qisqartirish va bandlikka ko’maklashish bo'limi bosh mutaxassisi F.Zokirov, keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslarga tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatish bo'yicha bosh inspektor  D.Turgunova  hamda protez mahsulotlarini tayyorlovchi ”Ortopediya mahsuloti” MChJ korxonasi mutaxassislari bilan hamkorlikda nogironligi bo‘lgan shaxslarga protez-ortopediya mahsulotlaridan murakkab ortopedik poyabzal, protez uchun poyabzal,  tutor bolalar uchun korset va boshqa mahsulotlar o'lchovlari olinib, ishlovga berildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
“Qadrdon maktabimga kitob sovg‘a qilaman”

🔰 Joriy yilning 24-may Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Nurafshon shahar bo‘linmasi hamda shahr Maktabgacha va maktab ta‘limi bo’limi bilan hamkorligida shahardagi 13 va 26-sonli umumta'lim maktablarida “Qadrdon maktabimga kitob sovg‘a qilaman” aksiyasi o‘tkazildi.

Ma’lumki, Prezidentimizning yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bо‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga qaratilgan 5 ta muhim tashabbuslaridan biri yoshlar о‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish hamda kitobxonlik madaniyatini oshirishga qaratilgan.

📚 Yoshlar bilimlarini chuqurlashtirish, maktab kutubxonasini adabiyot bilan boyitish maqsadida o'tkazilgan aksiya doirasida RMMM Nurafshon shahar bo‘linmasi rahbari О.Zakirov shahardagi 9- va 1-umumta'lim maktablariga o'z uy kutubxonasidan jahon adabiyoti bilan bog'liq kitoblarni sovg'a qildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
🪡 Sevinch mutloq g‘olib!!!    
   
Yoshlar ishlari agentligi    
Nurafshon shahar bo‘limi"Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida  "Tikuvchilik" yo‘nalishi bo‘yicha "Kasblar tanlovining" shahar bosqichi tashkil etildi.    
   
✂️Yangi iqtidorlar, yangi chehralar  va yangi uslubda ishlovchi tikuvchilarni kashf qilgan muzkur tanlov yakuniga ko‘ra, 3-sektor "Taraqqiyot" MFY  ishtirokchisi Nafasova Sevinch faxrli 1 o‘rinni qo‘lga kiritib viloyat bosqichi yo‘llanmasiga ega bo‘ldi.   
   
👏Gʻolib va sovrindorlar diplom, tashakkurnoma va vaucher bilan taqdirlandi.

🕊Telegram kanalimiz 👇
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️⚡️⚡️

NURAFSHON SHAHRI YOSHLAR SALOMATLIGI OYLIGI.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
🔔Bugun 25-may kuni Nurafshon shahrining barcha umumiy o‘rta taʼlim muassasalarida 2022-2023-o‘quv yili yakunlanishi munosabati bilan “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari o‘tkazildi. Tadbirlar Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan tayyorlangan tavsiyalar asosida ertalab soat 8:00 – 9:00 oralig‘ida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Nurafshon shahridagi 10-maktabda Nurafshon shahar hokimi Ilxom Klichxanov ishtirok etib, Prezident Shavkat Mirziyoyevning umumiy o‘rta taʼlim maktablarining bitiruvchi yoshlariga tabrigini o‘qib eshitirdi.
🎈“So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari maktab hovlisi bog‘ida va soya-salqin ochiq maydonlarda o‘tkazildi.
Mazkur tadbirlarda shahar bo‘yicha tavsiyaga ko‘ra 1-4 va 9-11 sinf o‘quvchilari ishtirok etishdi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website