Nurafshon shahri hokimligi
3.2K subscribers
43.9K photos
4.06K videos
61 files
12.4K links
Download Telegram
E’LON
📣📣📣Hurmatli hamshaharlar

Birlamchi tibbiy sanitariya muassasalari raqamlashtirish tizimiga o’tishi munosabati bilan Nurafshon shahar  tibbiyot birlashmasida ham raqamlashtirish tizimiga o’tish amalga oshirilmoqda.Ko'p tarmoqli markaziy poliklinikaga murojat qilganda yonizda  shaxsingizni tasdiqlovchi hujjatingiz(pasport ,tug'ilganlik haqida guvohnoma)bo'lishi talab etiladi va talon olish orqali shifokorlar qabuliga kiriladi.

Aholiga  qulaylik yaratish maqsadida  onlayn navbat olish imkoniyati ham yo’lga qo’yilgan.

☎️Ro’yxatxona telfon raqami:+998707623807
🏥Nurafshon shahar tibbiyot birlashmasi ma`muriyati!
#bildirish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-noyabrdagi “Yurish, yugurish, mini-futbol, badminton, stritbol va “workout” sport turlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5282-sonli qarori hamda Toshkent viloyati hokimining 1/8-4-2766-sonli yig‘ilish bayoni ijrosini ta’minlash hamda aholi xavfsizligini taʼminlash, yo‘l-transport harakatini tartibga solish, turli favqulodda holatlarning oldini olish maqsadida, Nurafshon shahrida yo‘l harakati xavfsizligini taʼminlash maqsadida, joriy yilning 25-iyun kuni soat 04:00 dan 11:00 ga qadar Nurafshon “Business city” hududidagi Yangi O‘zbekiston bog‘i ko‘chasi 4 R2 avtomobil yo‘lining 35-kmda G 62 avtomobil yo‘li bilan kesishgan chorrahasida hamda 4 R20 yo‘lining 6-kmda G 62 avtomobil yo‘lining kesishgan harakatlanish qismida avtotransport vositalari harakati vaqtincha to'xtatiladi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
Nurafshon shahrida ommaviy sport marafoni o‘tkazildi

Nurafshonda «Bir Vatanda, bir vaqtda, bir masofaga, bir maqsadda yuguramiz» shiori ostida «Yangi nafas» marafoni bo‘lib o‘tdi.

Marafon qatnashchilari va g‘oliblar turli yosh toifasida alohida rag‘batlantirildi, esdalik sovg‘alari topshirildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Ёшлар_ойлиги

Бугун Олмалиқ шаҳрида «Янги Ўзбекистон ёшлари бирлашайлик» шиори остида ёшлар фестивали ўтказилмоқда.

Фестивал аввалида Нурафшондан вилоят ёшларига аталган «Китоб карвони» йўлга чиқди.

Айни дамда Олмалиқдаги «Болажон» ҳамда «Ёшлар боғи»да маданий-маърифий, спорт ҳамда кўнгилочар тадбирлар бошланди.

Вилоятимизнинг барча шаҳар ва туманларидан бу ерга минглаб ёшлар фестивалда иштирок этиш учун келмоқда.

‼️Эслатиб ўтамиз, фестивалнинг финал концерти бугун соат 19:00 да «Металлург» маданият саройида бўлиб ўтади.

💬Telegram 🌐Website 📱Instagram 📱Facebook 🌐YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ёшларфестивали

Вилоят ҳокими Зойир Мирзаев ёшларга ўз тилакларини билдирди.

👉Жараённи онлайн кузатиш учун:👈
#e'tibor

Asrlar davomida xalqimizga xos mehr-oqibat, xayr-saxovat kabi ezgu umuminsoniy qadriyatlarni namoyon etib kelayotgan Qurbon hayiti jonajon Vatanimizda o‘zaro hamjihatlikda bag‘rikenglik va shukronalik fazilatlarini yanada mustahkamlashga beqiyos hissa qo‘shmoqda. Ushbu ulug‘ ayyom arafsida Nurafshon shahar “Maʼrifat” mahallasi, Hayot ko‘chasi, 27-uyda yashovchi ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqaro Davlatova Saodat Sotimboyevna va “Nurafshon” mahallasi, Nurafshon ko‘chasi,19-uyda yashovchi 2-guruh nogironi Pak Vitaliy Vladimirovichlarning holidan xabar olinib, “Mahalla” xayriya jamoat fondi tomonidan sovg‘alar berildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website