Nurafshon shahar hokimligi
2.11K subscribers
36.1K photos
3.34K videos
47 files
10.7K links
Download Telegram
#e'tibor

Asrlar davomida xalqimizga xos mehr-oqibat, xayr-saxovat kabi ezgu umuminsoniy qadriyatlarni namoyon etib kelayotgan Qurbon hayiti jonajon Vatanimizda o‘zaro hamjihatlikda bag‘rikenglik va shukronalik fazilatlarini yanada mustahkamlashga beqiyos hissa qo‘shmoqda. Ushbu ulug‘ ayyom arafsida Nurafshon shahar “Maʼrifat” mahallasi, Hayot ko‘chasi, 27-uyda yashovchi ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqaro Davlatova Saodat Sotimboyevna va “Nurafshon” mahallasi, Nurafshon ko‘chasi,19-uyda yashovchi 2-guruh nogironi Pak Vitaliy Vladimirovichlarning holidan xabar olinib, “Mahalla” xayriya jamoat fondi tomonidan sovg‘alar berildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
#e'tibor

Davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri aholini ijtimoiy himoya qilish masalasi bilan bog‘liq. 2023yil - "Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili"da O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-apreldagi 250-sonli va 2022-yil 31-martdagi 145-sonli qarorlari ijrosini ta’minlash, ularning yashash sharoitlarini yaxshilash maqsadida shahar hokimi I.Klichxanov tashabbusi bilan "Mahalla" xayriya jamoat fondi Nurafshon shahar bo‘linmasiga kelib tushgan homiylik mablag‘i hisobidan 360 mln so‘mga shahardagi ijtimoiy himoyaga muhtoj, ehtiyojmand oilalar, "Temir daftar", "Ayollar daftari" ro‘yxatida turuvchi jami 50 nafar oila xonadoniga 50 dona quyosh paneli o‘rnatib berish ishlari amalga oshirilmoqda. Fuqarolar navbatdagi g‘amxo‘rlik va e’tibordan mamnun bo‘lib, minnatdorchilik bildirdilar.

https://t.me/Nurafshonpressa