Nurafshon shahar hokimligi
1.85K subscribers
33.5K photos
3.2K videos
44 files
10K links
Download Telegram
#Fuqarolar_qabuli_bo‘lib_o‘tdi

Bugun Nurafshon shahar hokimi Ilxom Klichxanovning fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi. Unda hokim o‘rinbosarlari, tegishli mas’ullar hamda korxona va tashkilot rahbarlari ishtirok etdi.

Qabul davomida fuqarolar tomonidan turli sohalar va yo‘nalishlarga oid murojaatlar yo‘llandi. Uy-joy olish, kredit olish, tadbirkorlik bilan shug‘ullanish, kommunal sohadagi muammolar, farzandining salomatligini davolash, mahalladan moddiy yordam olish, uy-joy ta’miri, to‘lov-kontraktni to‘lashda amaliy yordam kabi 20 dan ortiq muammolar boʻyicha murojaatlar tinglandi.

5 ta murojaatlar qabul jarayonida ijobiy yechimini topib, joyida hal etildi. Muddat talab etilgan muammolar joyiga chiqib o‘rganilishi lozim bo‘lganligi sababli shahar hokimi tegishli mas’ullarga ijobiy yechim topish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.


Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati

🌐 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
👇
https://t.me/Nurafshonpressа