Nurafshon shahar hokimligi
1.93K subscribers
34.8K photos
3.27K videos
46 files
10.3K links
Download Telegram
#munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Nurafshon shahriga kiraverishdagi peshtaxtada “Nurafshon citi” deb yozib qo‘yilgani tanqid qilingan edi.

Mazkur muammolar tegishli mutasaddilar tomonidan nazoratga olindi hamda kamchiliklar tuzatildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
#munosabat
11-avgust kuni «Yoshlar kundaligi» kanalida yoritilgan «Shahar - Nurafshon, mahalla nomi - "Yuksalish" ekan. Holati ham nomiga yarasha bo‘lsa qani edi! Lekin...» sarlavhali tanqidiy lavhasi yuzasidan Nurafshon shahar hokimligi rasmiy munosabati

Obodlik mahalladan boshlanadi
Bugun Nurafshon shahridagi “Yuksalish” mahallasida joylashgan bolalar maydonchasi obodonlashtirildi.
Nurafshon shahar hokimligi, 3-sektor aʼzolari hamda faol yoshlar vakillari tomonidan bolalar maydonchasidagi o‘rindiq va arg‘imchoqlar taʼmirlandi, ularga rang berilib, holati yaxshilandi.
Qolaversa, mahalla hududidagi chiqindi tashish punkti atrofi ham chiqindilardan tozalanib, orasta holga keltirildi. Bolalar maydonchasi yangi qiyofa kasb etdi. Obodlik ko‘ngildan, xonadon va mahallalardan boshlanadi. Yurt va ko‘ngil obod bo‘lgan yerda yuksalish bo‘ladi, kelajak nurafshon bo‘ladi.Nurafshon shahar hokimligi va keng jamoatchiligi shahar aholisini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarida faol bo‘lishga chaqiradi.