Nurafshon shahar hokimligi
2.04K subscribers
36K photos
3.32K videos
47 files
10.6K links
Download Telegram
#Eʼlon

Diqqat, eʼlon!

OAV vakillari va blogerlarni joriy yilning 6-fevral kuni soat 10:00 da Toshkent viloyati hokimligi va "Toshkent viloyati suv ta'minoti" AJ hamkorligida “2023-yil ichimlik suvi ta’minoti va oqova suv obyektlari sarhisobi hamda istiqboldagi rejalar” mavzusida tashkil etiladigan matbuot anjumani va press-turga taklif etamiz.

Tadbirda o'tgan yil mobaynida aholini toza ichimlik suvi ta’minoti bilan ta'minlash borasida amalga oshirilgan ishlar va joriy yilda bajarilishi belgilangan vazifalar toʻgʻrisida ma’lumot olishingiz mumkin. Shu bilan birga soha mutaxassislari tomonidan suv quvurlarida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan avariya holatlarida bajariladigan tezkor chora-tadbirlar yuzasidan ham jarayonlarga guvoh bo'lasiz.

Tadbir o'tkazish joyi: Toshkent viloyati hokimligi.

Qoʻshimcha ma’lumot uchun tel.:
+998 90 987 17 51.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter