Nurafshon shahar hokimligi
1.86K subscribers
33.6K photos
3.2K videos
45 files
10K links
Download Telegram
#sport

“Sogʻlom tanda - sifatli taʼlim”

⚽️Besh tashabbus olipiadasi doirasida Nurafshon shahar Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi tasarrufidagi umumiy oʻrta taʼlim maktabi oʻqituvchilari oʻrtasida “Sogʻlom tanda - sifatli taʼlim” shiori ostida Kasaba uyushmalari kubogi musobaqasining shahar bosqichi boʻlib oʻtdi.

🏆Musobaqa gʻoliblari va faol ishtirokchilari Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi boshligʻi B.Qarshiboyev va  Taʼlim va fan xodimlari Kasaba uyushmasi Nurafshon shahar boʻlinmasi Kengashi rahbari M.Tashmatova,Nurafshon shahar sport maktab direktor oʻrinbosari Ismoilovlar tomonidan esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanishdi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati

🌐 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
👇
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
#Sport

Nurafshonda “Yangi nafas” ommaviy yugurish marafoni tashkil etildi

Bugun Oʻzbekiston boʻylab “Yangi nafas” ommaviy yugurish sport marafaoni tashkil etildi.

Marafon Nurafshon shahrida ham uyushqoqlik va koʻtarinki ruhda oʻtdi. Marafonga 5 ming 300 nafar ishtirokchi jalb qilindi.

Yugurish musobaqalari yakunlariga koʻra, erkaklar va ayollar orasidan gʻolib va sovrindorlar aniqlandi. Marafaonda ishtirok etgan nuroniylar jamoasi hamda bolajonlar tashkilotchilar tomonidan alohida taqdirlandi.

Tadbirda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev ishtirok etdi.

🌐Telegram| 🌐Website| 🌐YouTube| 📱Instagram| 📱Facebook| 📱Twitte‌‌|