Nurafshon shahri hokimligi
3.17K subscribers
44K photos
4.07K videos
61 files
12.5K links
Download Telegram
#e'tirof

Nurafshon shahar hokimi I.Klichxanov, shahar hokimi o'rinbosari N.Kulbekova hamda bir qator mutasaddi tashkilot rahbarlari Sportning baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha "Parij-2024" XXXIII-yozgi Olimpiya o'yinlariga nomzod Artur Guliyev xonadonida bo'lishdi.

Dastavval shahar hokimi I.Klichxanov Artur Guliyevni 2024-yil 18-21 aprel kunlari Yaponiyaning Tokiyo shahrida bo'lib o'tgan baydarka va kanoeda eshkak eshish bo'yicha Osiyo kvalifikatsion chempionatida muvaffaqiyatli ishtiroki bilan tabrikladi.

Shuningdek "Parij-2024" XXXIII-yozgi Olimpiya o'yinlarida nomzod sifatida ishtirok etadigan sportchini moddiy va ijtimoiy qo'llab-quvvatlash, ularning maishiy sharoitlarini yaxshilash maqsadida Nurafshon shahar hokimligi tomonidan 20 million so'mlik maxsus sertifikat topshirildi.

Shahar hokimi Artur Guliyev va uning ota-onasi bilan suhbatlashdi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati

🌐 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
👇
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
#e'tirof

👩‍⚕“Hamshira-2024” Respublika ko’rik tanlovi ko’p yillardan beri O’zbekiston hamshiralari orasida tibbiyot malikalarini aniqlab kelmoqda.

⚡️Kuni kecha tanlovning Toshkent viloyati bosqichi bo’lib o’tdi.Unda hamshiralar turli shartlar bo’yicha bellashib bilim va mahoratlarini namoyon qildi.

♻️Yakuniy natijalarga ko’ra :

1-o’rinni Parkent tumani tibbiyot birlashmasi “Bolalar bo’limi”hamshirasi Nazokat Mirsadiyeva

2-o’rinni-RSHTYOIM Toshkent viloyati filiali “Reanimatsiya bo’limi”hamshirasi Mahliyo Xakimova

3-o’rinni-Nurafshon shahar tibbiyot birlashmasi Ko’p tarmoqli markaziy poliklinika tibbiy brigada patranaj hamshirasi Munisaxon Karimovalar egalladi.



Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati

🌐 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
👇
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt