Nurafshon shahar hokimligi
1.9K subscribers
34.5K photos
3.26K videos
45 files
10.3K links
Download Telegram
#seminar
#mahalla_yettiligi

Nurafshon shahrida Mahalla “yettiligi” uchun seminar tashkil etildi

🔰Nurafshon shahrida respublika ishchi guruhi bilan hamkorlikda Mahalla “yettiligi” faoliyatini samarali tashkil etish bo‘yicha seminar-trening tashkil etildi.

🔰Unda Oʻzbekiston mahallalari uyushmasining Nurafshon shahar boʻlimi boshligʻi A.Mirzabayev, Migratsiya bo'yicha Respublika ishchi guruhidan Nurafshon shahriga biriktirilgan vakil R.Xudoyberdiyev, shahardagi tegishli mas'ul tashkilot rahbarlari hamda mahalla yettiligi ishtirok etdi.

🔰O'quv seminarda Tashqi migratsiyada yurgan fuqarolarni qo'llab-quvvatlash, migratsiyadan qaytish istagini bildirgan fuqarolarni doimiy ishga joylashtirish va muammolarini hal etish bo'yicha tavsiyalar berildi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati

🌐 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
👇
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
#Seminar

Joriy yilning 3-may kuni Nurafshon shahridagi "Tong"madaniyat saroyida Salomatlik va strategik rivojlanish instituti mutaxassislari hamda Nurafshon shahar bo'limi mutaxassislari boshchiligida "Sog'lom turmush tarzi tamoyillari", "Sog'lom ovqatlanish"mavzusida seminar-trening tashkil etildi.

Seminar-treningda tibbiyot hodimlari,oila shifokorlari,tibbiy brigada hamshiralari,mahalla faollari,otinoyilar ishtirok etdilar va kerakli ma'lumotlarga ega bo'ldilar.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati

🌐 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
👇
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt