Nurafshon shahri hokimligi
4.68K subscribers
41.6K photos
3.73K videos
52 files
12.1K links
Download Telegram
#seminar
#beshtashabbus

Toshkent viloyatida "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida o'tkazilayotgan musobaqalarga mas'ul bo'lgan xodimlar uchun amaliy o'quv-seminar bo'lib o'tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi mas'ul xodimi Sherzod Olimov ishtirokida tashkil etilgan muloqotda 5tashabbus.uz saytida elektron jamoalar shakllantirish, mahalla bosqichlari g'oliblarini keyingi bosqichga o'tkazish, natija ko'rsatkichlari bilan quyidan joy olgan tumanlarning mahalla kesimidagi tahlillari muhokama qilindi.

Shuningdek, Nurafshon shahar va Piskent tumanidagi mahallalardagi yoshlar yetakchilari ishtirokida  jamoalar shakllantirish, mahalla bosqich g'oliblarini keyingi bosqichga o'tkazish yuzasidan duch kelinayotgan muammolar yuzasidan oʻrganishlar olib bordi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati

🌐 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
👇
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
#Nurafshon_shahri
#seminar

Yoshlar yetakchilari uchun o’quv
seminar tashkil etildi.

Xabar berganimizdek, 3 kun davomida  mahalladagi yoshlar yetakchilariga aynan yoshlar uchun manfaatli bo‘lgan har bir yo‘nalish mas’ullari tomonidan Respublika o’quv-seminari tashkil etilgan edi.

Bugun Nurafshon shahridagi yoshlar yetakchilari uchun seminar tashkil etildi. Jumladan, yoshlar bandligini ta’minlash,  migratsiyadagi yoshlar bilan ishlash, murojaatlarini tizimli hal etish va yetakchilarning media savodxonligini oshirish ibrat farzandlari, mutolaa bo‘yicha bilim hamda ko‘nikmalar berilmoqda.

Respublika o’quv-seminarida ishtirok etib kelgan 4 nafar yoshlar yetakchilarining ma’ruzalari tinglanmoqda.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati

🌐 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
👇
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍1