Nurafshon shahar hokimligi
2.06K subscribers
36.1K photos
3.33K videos
47 files
10.6K links
Download Telegram
#Seminar

Joriy yilning 3-may kuni Nurafshon shahridagi "Tong"madaniyat saroyida Salomatlik va strategik rivojlanish instituti mutaxassislari hamda Nurafshon shahar bo'limi mutaxassislari boshchiligida "Sog'lom turmush tarzi tamoyillari", "Sog'lom ovqatlanish"mavzusida seminar-trening tashkil etildi.

Seminar-treningda tibbiyot hodimlari,oila shifokorlari,tibbiy brigada hamshiralari,mahalla faollari,otinoyilar ishtirok etdilar va kerakli ma'lumotlarga ega bo'ldilar.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati

🌐 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
👇
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
#seminar
#beshtashabbus

Toshkent viloyatida "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida o'tkazilayotgan musobaqalarga mas'ul bo'lgan xodimlar uchun amaliy o'quv-seminar bo'lib o'tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi mas'ul xodimi Sherzod Olimov ishtirokida tashkil etilgan muloqotda 5tashabbus.uz saytida elektron jamoalar shakllantirish, mahalla bosqichlari g'oliblarini keyingi bosqichga o'tkazish, natija ko'rsatkichlari bilan quyidan joy olgan tumanlarning mahalla kesimidagi tahlillari muhokama qilindi.

Shuningdek, Nurafshon shahar va Piskent tumanidagi mahallalardagi yoshlar yetakchilari ishtirokida  jamoalar shakllantirish, mahalla bosqich g'oliblarini keyingi bosqichga o'tkazish yuzasidan duch kelinayotgan muammolar yuzasidan oʻrganishlar olib bordi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati

🌐 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
👇
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
#Nurafshon_shahri
#seminar

Yoshlar yetakchilari uchun o’quv
seminar tashkil etildi.

Xabar berganimizdek, 3 kun davomida  mahalladagi yoshlar yetakchilariga aynan yoshlar uchun manfaatli bo‘lgan har bir yo‘nalish mas’ullari tomonidan Respublika o’quv-seminari tashkil etilgan edi.

Bugun Nurafshon shahridagi yoshlar yetakchilari uchun seminar tashkil etildi. Jumladan, yoshlar bandligini ta’minlash,  migratsiyadagi yoshlar bilan ishlash, murojaatlarini tizimli hal etish va yetakchilarning media savodxonligini oshirish ibrat farzandlari, mutolaa bo‘yicha bilim hamda ko‘nikmalar berilmoqda.

Respublika o’quv-seminarida ishtirok etib kelgan 4 nafar yoshlar yetakchilarining ma’ruzalari tinglanmoqda.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati

🌐 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
👇
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
#Seminar #Seminar #Cеминар

Joriy yilda koʻrilgan choralar natijasida viloyatda qancha gaz va elektr tejaladi?

👉
Batafsil
____________

As a result of the measures taken this year, how much gas and electricity will be saved in the region?

👉
In detail
____________

Сколько в столичной области сэкономлено в этом году природного газа и электроэнергии вследствие принятых мер?

👉
Подробно

Telegram🌐Website📹YouTubeFacebook🕊Twitter
#SEMINAR_TRENING

Nurafshon shahrida “Inson” ijtimoiy xizmatlari markazi xodimlariga o’quv-seminar treninglar bo'lib o'tmoqda.

Joriy yilning 2-3-avgust kunlari Nurafshon shahar va O'rta chirchiq tumanlarida “Ijtimoiy ish amaliyoti” mavzusida seminar-trening bo’lib o'tishi rejalashtirilgan.

Jumladan ayni kunlarda, Nurafshon shahar va O'rta chirchiq tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari bosh ijtimoiy xodimlar, supervayzerlar va ijtimoiy xodimlari uchun navbatdagi seminar trening tashkil etildi.

Mutaxassislar ijtimoiy xodimlarning kasbiy bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish, oilaga kirish, aholi bilan muloqot o‘rnatish, keys-menejment amaliyotidan to‘g‘ri foydalanish va 12 toifadagi shaxslar  bilan mustaqil ishlash bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berib o‘tmoqda.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati

🌐 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
👇
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
#seminar
#xotinqizlarfaollari

О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oilalarni mustahkamlash va xotin-qizlarning faolligini oshirish bо‘yicha qо‘shimcha chora-tadbirlar tо‘g‘risida”gi 2023-yil 21-dekabrdagi PQ-401-son qaroriga muvoffiq Nurafshon shahridagi mahallalarda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar faollariga o'quv seminar bo'lib o'tmoqda.

Nurafshon shahrida joylashgan IT park binosida Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti mutaxasislari tomonidan Oila va xotin-qizlar qо‘mitasi xodimlari, mahalladagi xotin-qizlar faollari uchun malaka oshirish о‘quv seminari tashkilashtirildi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati

🌐 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
👇
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
#seminar

Nurafshon shahrida "O‘zsuvta’minot" AJ tarkibiga kiruvchi tashkilotlar hamda shu sohada qurilish bilan shug‘ullanib kelayotgan pudrat tashkilot mas’ullari ishtirokida seminar bo‘lib o‘tdi.

Nurafshon shahrida "AGRO NEW DRIP" MChJ korxonasi tomonidan ichimlik va oqova suvi uchun maxsus plastmassa quvurlari va geomembranalar ishlab chiqarish va "MAXSUS POLIMER ZAVODI" MChJ tomonidan plastmassa quvurlar va profillar ishlab chiqarish korxonalari o‘z faoliyatlarini olib bormoqda.

❇️ Jumladan joriy yilning 14-sentabr sanasida "O‘zsuvta’minot" AJ tarkibiga kiruvchi tashkilotlar hamda shu sohada qurilish bilan shug‘ullanib kelayotgan pudrat tashkilot mas'ullariga "AGRO NEW DRIP" va "MAXSUS POLIMER ZAVODI" MChJlari tomonidan ishlab chiqarayotgan mahsulotlarining tadqimot seminar ko‘rgazmasi o'tkazildi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati

🌐 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
👇
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt