Nurafshon shahri hokimligi
3.29K subscribers
42.9K photos
3.87K videos
53 files
12.2K links
Download Telegram
#e’tibor

O‘ksik qalblarga quvonch ulashib

⚡️ 3-dekabr - Xalqaro nogironlar kuni
munosabati bilan shahrimizdagi “Tong” madaniyat saroyida shahar hokimligi, Oliy Majlis qonunchilik palatasi deputati bilan hamkorligida “Inson qadri uchun” shiori ostidagi xayriya aksiyasi ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazildi.

📌Tadbirda ishtirok etgan nogironligi bo‘lgan fuqarolar va ularning yaqinlariga shahar hokimligi va deputat V.N.Pak, Ijtimoiy himoya boshqarmasi va diniy qõmita shahar vakilligi tomonidan ortoped buyumlar hamda nogironlik aravachalari taqdim etildi.

Shahar Madaniyat bo‘limi ijodkorlari tomonidan namoyish etilgan ko‘ngilochar madaniy dasturlar tadbirga yana-da ko‘tarinki ruh baxsh etdi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati

🌐 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
👇
https://t.me/Nurafshonpressа
#e'tirof

Nurafshon shahar hokimi I.Klichxanov, shahar hokimi o'rinbosari N.Kulbekova hamda bir qator mutasaddi tashkilot rahbarlari Sportning baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha "Parij-2024" XXXIII-yozgi Olimpiya o'yinlariga nomzod Artur Guliyev xonadonida bo'lishdi.

Dastavval shahar hokimi I.Klichxanov Artur Guliyevni 2024-yil 18-21 aprel kunlari Yaponiyaning Tokiyo shahrida bo'lib o'tgan baydarka va kanoeda eshkak eshish bo'yicha Osiyo kvalifikatsion chempionatida muvaffaqiyatli ishtiroki bilan tabrikladi.

Shuningdek "Parij-2024" XXXIII-yozgi Olimpiya o'yinlarida nomzod sifatida ishtirok etadigan sportchini moddiy va ijtimoiy qo'llab-quvvatlash, ularning maishiy sharoitlarini yaxshilash maqsadida Nurafshon shahar hokimligi tomonidan 20 million so'mlik maxsus sertifikat topshirildi.

Shahar hokimi Artur Guliyev va uning ota-onasi bilan suhbatlashdi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati

🌐 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
👇
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
#e'tirof

👩‍⚕“Hamshira-2024” Respublika ko’rik tanlovi ko’p yillardan beri O’zbekiston hamshiralari orasida tibbiyot malikalarini aniqlab kelmoqda.

⚡️Kuni kecha tanlovning Toshkent viloyati bosqichi bo’lib o’tdi.Unda hamshiralar turli shartlar bo’yicha bellashib bilim va mahoratlarini namoyon qildi.

♻️Yakuniy natijalarga ko’ra :

1-o’rinni Parkent tumani tibbiyot birlashmasi “Bolalar bo’limi”hamshirasi Nazokat Mirsadiyeva

2-o’rinni-RSHTYOIM Toshkent viloyati filiali “Reanimatsiya bo’limi”hamshirasi Mahliyo Xakimova

3-o’rinni-Nurafshon shahar tibbiyot birlashmasi Ko’p tarmoqli markaziy poliklinika tibbiy brigada patranaj hamshirasi Munisaxon Karimovalar egalladi.



Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati

🌐 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
👇
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
#E’tibor

Nurafshon shahar tibbiyot birlashmasi xodimlari tomonidan 9-may “Xotira va qadrlash”kuni munosabati bilan 1941-1945 yillarda ikkinchi jahon urushida front ortida xizmat qilgan yoshi ulug’ faxriylar holidan xabar olindi.

Ularga tor soha mutaxassislari tomonidan tekshiruvlar hamda labarator diagnostika xizmatlari ko’rsatilib,tibbiyot birlashmasi tomonidan o’z esdalik sovg’alari topshirildi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati

🌐 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
👇
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
#e'tirof

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz uch yilligi munosabati bilan Nurafshon shahrida kommunal sohada ishlovchi 63 nafar xodimlar
e'tirof etildi.

Tadbir avvalida shahar hokimi  I.Klichxanov kommunal soha tizimidagi ko‘p yillik samarali mehnati, o‘z kasbiga sadoqati, jamoat ishlarida faol ishtiroki, shaharda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni amalga oshirishdagi fidoyi xizmatlari hamda mustaqillikning 33 yilligi munosabati bilan soha xodimlarini tabrikladi.

❇️Tadbir ishtirokchilariga fidoiy xizmatlari uchun shahar hokimligi tashakkurnomasi hamda qimmatbaho esdalik sovg'alari topshirildi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati

🌐 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
👇
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍3
#e'lon

"Davlat tilida ish yuritish asoslarini o'qitish va malaka oshirish markazi" bepul O'zbek tili kurslariga taklif qiladi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati

🌐 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
👇
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
1
#e'tirof
#1_oktabr_ustoz_murabbiylar_kuni

Ta'lim fidoiylari
e'tirof etildi.

"1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni" bayrami munosabati bilan Nurafshon shahar hokimligi tomonidan bayram tadbiri tashkil etildi.

💐Tadbir avvallida shahar hokimi I.Klichxanov so'zga chiqib, eng sharafli va saodatli vazifaning fidoiy egalari bo‘lgan muhtaram ustozlarimiz, aziz murabbiylarimizning kasb bayramlari bilan qutladi.

🪅Tadbir davomida bir guruh ustoz murabbiylar, ta'lim fidoiylariga tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi. Shahar madaniyat bo‘limi san’atkorlari va "Boychechak" raqs ansanbli tomonidan badiiy dastur namoyish etildi
.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati

🌐 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
👇
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍4
#E'tirof
#Xalq_deputatlari
#Nurafshon_shahar

Xalq deputatlari
e’tirof etildi.

📍Nurafshon shahridagi "Nurafshon business city" hududidagi ko‘l bo‘yida Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashining 22 nafar deputatlari uchun dasturxon yozilib, shahrimiz ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga hissa qo‘shganligi uchun e’tirof etildi.

Shahar hokimi boshchiligida sektor rahbarlari ishtirok etgan tadbirda dasturxon yozilib, shahar madaniyat bo‘limi tomonidan dilbar kuy-navolar chalindi, yig‘ilganlarga yanada ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

Shahar hokimi I.Klichxanov so‘zga chiqib, o‘tgan vaqt mobaynida shahrimizning ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy rivojlanishi uchun sadoqatli xizmat qilib kelgan deputatlarga samimiy minnatdorchilik bildirib esdalik sovg'alarini topshirdi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👌3🔥2
#E'tirof
#Xalq_deputatlari
#Nurafshon_shahar

Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashi deputatlari
e’tirof etildi.

📸Tadbir jarayonidan fotolavhalar


Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍9🔥2