Nurafshon shahar hokimligi
1.84K subscribers
32.7K photos
3.17K videos
44 files
9.81K links
Download Telegram
#Nurafshon_shahri
#kuz_qish_mavsumi

Nurafshon shahrida Ijtimoiy soha obyektlarining 2024-2025-yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati nazoratdan o‘tkazilmoqda.

🌨Ayni kunlarda yurtimizning barcha hududlarida 2024-2025-yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlari ketmoqda. Xususan, Nurafshon shahrida ham mavsumga tayyorgarlik ko‘rish borasida keng ko‘lamdagi ishlar amalga oshirilmoqda.

📌Jumladan, shahar hokimi o‘rinbosari F.Shomurodov, Mudofaa vazirligidan Nurafshon shahriga biriktirilgan vakil podpolkovnik S.Boltaboyevlar shahardagi Maktab va maktabgacha ta’lim bo‘limi tasarrufidagi muassasalarida bo‘lib, ta’lim muassasalarining 2024-2025-yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati, qozonxonalardagi mavsum oldi tayyorgarlik ishlarini ko‘zdan kechirdi.

📝O'rganish davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan, mas’ullarga tegishli vazifalar yuklatilib, ijrosi nazoratga olindi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati

Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
#muhokama
#2024_2025_yil
#kuz_qish_mavsumi

Nurafshon shahar hokimi I.Klichxanov boshchiligida sektor rahbarlari shahar prokurori
A.Olimov, shahar DSI boshlig‘i J.Sayfiyevlar ishtirokida shaharda 2024-2025-yil kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish, aholini tabiiy gaz, elektr energiyasi hamda ichimlik suviga bo‘lgan ehtiyojini uzluksiz ta’minlash hamda yuzaga keladigan turli holatlarni oldini olish maqsadida shahar hokimligida muhokama o‘tkazildi.

Unda shahar hokimi o‘rinbosari F,Shomurodov boshchiligida "Nurafshonshahargaz" GTB rahbari L.Karimov, shahar elektr tarmoqlari korxonasi rahbari A.Urazaliyev,  “Toshkent viloyati suv ta’minoti” shahar filiali rahbarlari M.Xoliqovlar 2024-2025-yil
kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rishda amalga oshirilgan ishlar eshitilib, mavsumni betalafot o‘tkazishda amalga oshirilishi zarur bo‘lgan vazifalar yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
#jarayon
#BSKlar_faoliyatidan
#qurilish
#kuz_qish_mavsumi

❄️ Qish mavsumiga tayyorgarlik ko'rilmoqda

Mavsum oldidan "To'y Tepa yuksak servis " BSK tomonidan Nurafshon shahar "Nurafshon" MFY hududidagi Navoiy kochasi 4-23A-ko‘p qavatli uy-joylarning tom qismi taʼmirlanmoqda.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt