Nurafshon shahar hokimligi
2.04K subscribers
36K photos
3.33K videos
47 files
10.6K links
Download Telegram
#mehr_ulash
#Xayriya_aksiyasi

"Yurakdan yurakka" – minglab qalblarni birlashtirgan aksiya

3-5-dekabr kunlari Nurafshon shahridagi Yoshlar markazida Xalqaro nogironligi bo‘lgan shaxslar kuni munosabati bilan “Yurakdan yurakka” xayriya aksiyasi bo‘lib o‘tmoqda.


Aksiya doirasida imkoniyati cheklangan bolajonlar, maxsus internat tarbiyalanuvchilari tomonidan tayyorlangan ijodiy ishlar ko‘rgazmasi va savdosi tashkil etilgan.

Xayriya mablag‘lari qatnashchilar salomatligini tiklashga yo‘naltiriladi.

Ushbu aksiyada Nurafshon shahridagi korxona va tashkilotlari vakillari ishtirok etib, kimdir uyi uchun qo‘l mehnati bilan tayyorlangan bezaklar, kimdir ular tomonidan chizilgan rasmlar va yana kimdir farzandlari uchun o‘yinchoqlar xarid qildi.


Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt