Nurafshon shahar hokimligi
1.85K subscribers
33.5K photos
3.2K videos
44 files
10K links
Download Telegram
#Ayollar_daftari
#Nurafshon_shahri

Xotin-qizlar bandligi ta'minlanmoqda

Nurafshon shahrida “Ayollar daftarini” yuritish orqali xotin-qizlar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash borasida bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda.

Nurafshon shahar "Oybek" mahallasida yashovchi “Ayollar daftari”ning 5-bosqichi 1-toifa (Ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz xotin-qizlar. Bunda bandligi ta’minlanmagan, ammo ishlash istagida bo‘lgan, daromad manbaiga ega bo‘lmagan ehtiyojmand xotin-qizlar)ga kiritilgan Abduraxmanova Shaxnozaga hokim yordamchisining tavsiyasi bilan Vazirlar Mahkamasining 252-sonli qaroriga asosan o‘zini-o‘zi band qilish, oilaviy holatini yaxshilash maqsadida subsidiya asosida tikuv mashinasi hamda overlog asboblari olib berildi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
#Kambag'alikdan_farovonlik_sari
#Nurafshon_shahri

"Kambag'allikdan farovonlik sari" dasturida mahallalardagi nuroniylarni o'rni.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-noyabrdagi “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirishga faol nuroniylarni jalb etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ-405-sonli qarori ijrosi yuzasidan "Nuroniy" jamg‘armasi Nurafshon shahar bo‘limi raisi J.Axmedqulov, shahardagi kambag‘al oilalarga biriktiriladigan faol nuroniylar bilan uchrashib, suhbat o‘tkazdi. 

Suhbat jarayonida mahallalarda katta hayotiy tajribaga ega bo‘lgan obro‘-e’tiborli 3 nafar faol nuroniylarga PQ-405-sonli Qarorning mazmun-mohiyati yuzasidan targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borilib, faol nuroniylarning Qarorda belgilangan vazifalari tushuntirib o‘tildi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt