Nurafshon shahri hokimligi
4.68K subscribers
41.6K photos
3.73K videos
52 files
12.1K links
Download Telegram
#Rasmiy

Bugun Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashining yettinchi chaqiriq birinchi sessiyasi o‘tkazildi


Unda shahar saylov komissiyasi raisi Abduvasi Jonqobilovning joriy yil 27-oktyabrda bolib otgan saylov yakunlari togrisidagi axboroti tinglandi.

Shuningdek, sessiyada xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashiga saylangan deputatlarning partiya guruhlari ro‘yxatdan o‘tkazilib, shahar Kengashining reglamenti va doimiy komissiyalar to‘g‘risidagi Nizom tasdiqlandi.

Maslahatlashuvda viloyat hokimi tomonidan Nurafshon shahar hokimi lavozimiga Klichxanov Ilxom Mahmudjonovich nomzodi ko‘rsatilganligi bildirildi.

Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashining qarori bilan Klichxanov Ilxom Mahmudjonovich Nurafshon shahar hokimi lavozimiga tasdiqlandi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍12
#rasmiy
Tayinlov

Umarbayev Komol Xokimjanovich —
Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashining yettinchi chaqiriq uchinchi sessiyasida Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashi kotibiyati mudiri lavozimiga tayinlandi.

K.Umarbayev
1974-yil Toshkent viloyati O'rta Chirchiq tumanida tug'ilgan. Toshkent viloyati Chirchiq davlat universitetini tamomlagan.

Umarbayev Komol Xokimjanovich tayinlovga qadar Nurafshon shahar "Hurriyat" MFY raisi lavozimida faoliyat yuritgan.

K.Umarbayev Nurafshon shahar 9-saylov okrugi Bobur MFY deputati.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍6