Nurafshon shahri hokimligi
3.16K subscribers
48.1K photos
4.68K videos
63 files
13.8K links
Download Telegram
#Bayram_shukuhi

🔹2006-yil 12-sentyabrdagi "O‘zbekiston Respublikasi tibbiyot xodimlari kunini belgilash to‘g‘risida" gi Qonuniga ko‘ra noyabr oyining ikkinchi yakshanbasi "Tibbiyot xodimlari" kuni etib belgilangan.

🎉Shu munosabat bilan Nurafshon shahar tibbiyot birlashmasida bayram tadbirlari tashkil etildi.Tadbirni  shahar tibbiyot birlashmasida bosh shifokor lavozimida faoliyat yuritgan hozirgi kunda Toshkent viloyat bolalar sil kasalliklari shifoxonasi bosh shifokori Z.I.Mirzasaidova hamda shahar tibbiyot birlashmasi bosh shifokori M.M.Peltabayeva ochib berdi.

🎊So‘ngra uzoq yillar davomida tibbiyot birlashmada faoliyat yuritgan jonkuyar shifokorlarni
bayram bilan tabriklab o‘zlarining esdalik sovg‘alarini topshirishdi.

🏥Bundan tashqari hozirgi kunda ish faoliyatida  bir qator muvaffaqiyatga erishgan bir guruh shifokorlar ham mehnatlari e’tirof etilib, ularga ham tashakkurnomalari va esdalik sovg‘alari topshirildi.


Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍8👎3🔥3