Nurafshon shahar hokimligi
1.86K subscribers
33.6K photos
3.2K videos
45 files
10K links
Download Telegram
Уй-жой қуришда асосий эътиборни эскирган уйлар ўрнида реновация асосида замонавий кўп қаватли уйларни кўпайтиришга қаратиш зарурлиги таъкидланди.

Реновация ҳисобига ердан фойдаланиш самарадорлиги 4-5 карра ошади, коммуникация харажати 2 карра камаяди.

Асосийси, бу орқали шу ҳудуддаги одамларнинг дунёқараши ўзгаради, турмуш тарзи тубдан яхшиланади, савдо-сервис, иш ўрни кўпайиб, иқтисодиёт ривожланади.

Бу борада Жиззах, Марғилон, Қўқон, Шаҳрисабз, Қарши шаҳарлари, Дўстлик ва пойтахт туманларида ишлар яхши бошлангани қайд этилди. Уларнинг тажрибасини барча ҳудудда оммалаштириш кераклиги, авария ҳолатидаги эскирган уйларда яшаётган одамлар буни кутаётгани кўрсатиб ўтилди.

Реновация асосида бу йил 20 минг хонадон қурилишини ташкил қилиш зарурлиги қайд этилди.

Facebook|Instagram|X
Жорий йилда уй-жой дастурларини молиялаштиришга бюджетдан 15,5 триллион сўм ресурс берилмоқда.

Банклар бунга қўшимча 10 триллион сўм йўналтиришни мақсад қилган. “Ипотека компанияси” ҳам бу мақсадларга 2,3 триллион сўм ресурс йўналтиради.

Мутасаддиларга 2025 йилда камида 70 мингта хонадон учун ипотека кредити тақдим этиш, шундан 30 минги учун кредитни бошланғич бадал учун бюджетдан субсидия тўлаб, даромади юқори бўлмаган оилаларга бериш вазифаси қўйилди.

Соҳада яширин иқтисодиётни янада қисқартириш учун янги уй-жой оладиган фуқароларга ўзи тўлаган маблағининг бир қисмини кэшбек қилиб қайтариш бўйича таклифлар ишлаб чиқиш топширилди.

Йиғилиш давомида мутасаддилар ва ҳудудлар раҳбарларининг ахбороти тингланди.

Facebook|Instagram|X
#seminar

Davlat tilida qonun hujjatlarini amalga oshirish va toponimik obyektlarga nom berish bo‘yicha shahar komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi seminar shaklida tashkil etildi.

Seminarda mahalla raislari hamda Kadastr agentligining mas’ul xodimlari ishtirok etdi.

Unda shahar hokimining maslahatchisi M.Shoismanova, Mahalla uyushmasi shahar bo‘limi boshlig'i Z.Maxsudova va Davlat Kadastrlari palatasi shahar filiali rahbari Sh.Shukurxonov tomonidan shahardagi mavjud ko‘chalar nomlarini davlat tili qonun hujjatlariga muvofiqlashtirish, ularni yagona davlat reyestri bazasiga kiritish masalalari bo‘yicha atroflicha tushuntirishlar berildi.

Ko‘chalar nomlarini ularning geografik joylashuvi va tarixiy ahamiyatidan kelib chiqib aniqlashtirish, belgilangan talabga javob bermaydigan ko‘chalarning nomlarini qayta ko‘rib chiqish yuzasidan takliflar tayyorlash muhimligi ta’kidlandi.

Shuningdek, geografik obyektlarga nom berish va ularni qayta nomlash bo‘yicha takliflar kiritish zarurligi qayd etildi.
#Toshkentv_2025
#Nurafshon_2025

Eng yosh partiyamiz raisi

Abduqahhorova Zulayho Shorobidin qizi:
2000-yil Olmaliq shahrida tug'ilgan. 2018-yil Olmaliq shahridagi Ijtimoiy-iqtisodiyot servis kasb-hunar kolleji, 2024-yilda Chirchiq Davlat Pedagogika universiteti tamomlagan. Zulayho Ohangaron shahar Madaniyat markazida, Olmaliq shahar 2-maktabda o'qituvchisi lavozimida faoliyat olib borgan. Ko'plab shahar va respublika tadbirlar ishtirokchisi. Ayni vaqtda O'zbekiston Xalq demokratik partiyasi Toshkent viloyati Nurafshon shahar kengashi raisi sifatida faoliyat olib bormoqda.

P/s: Siz ham bizni safimizga qo'shiling maqsadimiz OʻzXDP a'zolarni 1.000.000 nafarga yetkazish

🌐
XDP_Yoshlar  l Telegram
#sessiya

Bugun Xalq deputatlari Nurafshon shahri Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi


💠Nurafshon shahri hokimligida Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashining VII chaqiriq beshinchi sessiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

👉Batafsil o'qish

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt