Nurafshon shahar hokimligi
1.88K subscribers
34K photos
3.22K videos
45 files
10.1K links
Download Telegram
#sport

"Sport -sog‘lom hayot garovi" shiori ostida sportning voleybol turi bo‘yicha "Hokim kubogi" musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-dekabrdagi “Jamoaviy sport turlarini rivojlantirish va iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-421 qarori ijrosi yuzasidan joriy yilning 20-fevral kuni soat 09-00 da Toshkent tumani Universal sport majmuasida “Sport-sog‘lom hayot garovi" shiori ostida voleybol bo‘yicha "Hokim kubogi" musobaqalari bo‘lib o‘tmoqda.

Musobaqalarda viloyatdagi 22 ta tuman shahardan kelgan xotin-qizlar faollari o‘zaro belashishadi. Ushbu musobaqalarda shahar hokimi o‘rinbosari Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i N.Djumanova boshchiligida shahar jamoasi ham faol ishtirok etmoqda.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
#bildirish

SEKTOR RAHBARLARI QABULGA MARHAMAT!

Aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot tizimini yanada takomillashtirish, muammolarni joyida o‘rgangan holda tezkorlik bilan hal etish maqsadida, Nurafshon shahar hokimi I.Klichxanov boshchiligida sektor rahbarlarining 2025-yil 21-fevral kuni soat 10:00 da aholi uchun navbatdagi qabuli o‘tkaziladi.

Fuqarolar qabuli Nurafshon shahar "Tong" madaniyat saroyi binosida bo‘lib o‘tadi.

Aziz fuqarolar! Sizlarda murojaatlaringiz bo‘lsa, qabulga tashrif buyurishingiz mumkin!

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Sumalak_sayli

Taraqqiyot mahallasida bahor taomi bo‘lgan sumalak tayyorlandi.

Nurafshon shahri 3-sektor hududi "Taraqqiyot" MFY binosida mahalla faollari tomonidan bahoriy ne’matlar dasturxoni tashkil etildi. Doshqozonlarda palov va sumalak tayyorlandi. Yig‘ilganlarga ulashildi. Keksa nuroniylardan tortib yoshlargacha — barcha shu yerda jamuljam bo‘lishdi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
#diqqat
#bildirish
#sessiya

⚡️Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashining navbatdagi 6-sessiyasi 24-fevral, soat 14:00 da bo'lib o'tadi.


📎Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashi kotibiyati axborot xizmati.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
Telegram🌐 Instagram🌐 Facebook
#Hokim_qabuli
#Nurafshon_shahri

Bugun Nurafshon shahri hokimi I.Klichxanovning navbatdagi qabuli bo‘lib o‘tdi


✔️ "Tong" madaniyat saroyi binosida bo'lib o'tgan qabulda shahar hokim o‘rinbosarlari, Xalq qabulxonasi, shahardagi barcha mas’ul tashkilot rahbarlari hamda fuqarolar ishtirok etdi.

📎Qabul davomida fuqarolarning kommunal, tibbiyot, doimiy ishga joylashish, obodonlashtirish, kadastr, subsidiya, pasport olish hamda SNOS kabi 10 dan ziyod murojaatlari tinglandi.

🖊 Nurafshon shahri hokimi I.Klichxanov fuqarolar tomonidan qilingan murojaatlarni belgilangan muddatlarda o‘rganib, chora ko‘rish uchun hokim o‘rinbosarlari, tegishli tashkilot va idoralariga yo'naltirilib, ijrosi nazoratga olinishi bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar berdi.


Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt