Nurafshon shahri hokimligi
3.15K subscribers
48.6K photos
4.77K videos
64 files
14K links
Download Telegram
Nurafshon shahrida sayyor qabul: fuqarolar muammolari eshitildi.

Nurafshon shahri prokurori, 2-sektor rahbari To‘lqin Karimov boshchiligida To‘y-tepa mahallasida sayyor qabul bo‘lib o‘tdi. Qabul davomida mahalla aholisi o‘z muammolari, taklif va arizalari bilan murojaat qildilar.

Fuqarolar asosan ijtimoiy masalalar, yer va mulk bilan bog‘liq muammolar, ish bilan ta’minlash hamda kommunal xizmatlar haqida fikr bildirdi. Mutasaddi rahbarlar har bir murojaatni diqqat bilan eshitib, ularni ijobiy hal etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni belgilashdi.

Mazkur uchrashuv davomida fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ayrim muammolar shu yerning o‘zida hal qilindi. Qolgan masalalar bo‘yicha esa mutasaddilarga aniq vazifalar yuklatildi.

Fuqarolarning muammolari e’tiborsiz qolmaydi – ochiq muloqotlar davom etadi!
Телеграм | Instagram  | Youtube | Tik tok | Facebook
1
#diqqat
#bildirish

Nurafshon shahar elektr ta'minoti sizga shuni ma’lum qiladi.

Nurafshon shahriga kirib keluvchi L-KD-110 kV tarmog'ida avariya natijasida o'chganligi sababli Nurafshon shahrining ayrim mahallalarida elektr energiyasida uzilishlar kuzatilmoqda.


Ayni damda tarmoqdagi avariya holatini bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.
Elektr energiyasi soat 15:30 gacha qayta tiklanadi.


Murojaat uchun telefon
☎️ Tel.:  (95) 195-14-60
☎️ Tel.:  (95) 195-14-67 (dispetcher)

Nurafshon shahar elektr ta'minoti yuzaga kelgan noqulayliklar uchun aholidan uzr so‘raydi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👎3👍2
#tug'ilgan kun

💐 Bugun Nurafshon shahar Xalq qabulxonasi mudiri – Daniyarov Toxirjon Abdullayevichning tavallud topgan kuni.

💐 Qutlug‘ sana munosabati bilan  Daniyarov Toxirjon Abdullayevichni Nurafshon shahar hokimligi jamoasi, shuningdek, barcha tashkilotlar rahbarlari nomidan chin yurakdan muborakbod etamiz.

💐 Daniyarov Toxirjon Abdullayevichga mustahkam sog'liq, oilaviy xotirjamlik, kasbiy va ijodiy ishlarida yuksak zafarlar yor bo'lishini tilab qolamiz.

Hurmat bilan,
Nurafshon shahar hokimligi jamoasi


Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
#diqqat
#bildirish

Nurafshon shahar elektr ta'minoti sizga shuni ma’lum qiladi.

Nurafshon shahrida kirib keluvchi L-KD-110 kV tarmog'ida avariya natijasida o'chganligi sababli Nurafshon shahrida elektr energiyasida uzilishlar yuz berdi.


Tarmoqdagi avariya holatini bartaraf etish ishlari olib borilishi munosabati bilan 1 soatga uzildi.

Elektr energiyasi 1 soatda qayta tiklanadi.


Murojaat uchun telefon
☎️ Tel.:  (95) 195-14-60
☎️ Tel.:  (95) 195-14-67 (dispetcher)

Nurafshon shahar elektr ta'minoti yuzaga kelgan noqulayliklar uchun aholidan uzr so‘raydi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👎10
#sport

“Prokuror kubogi” musobaqalari bo'lib o'tmoqda.


Nurafshon shahrida yoshlarni sportga jalb qilish, mahallalardagi uyushmagan yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va milliy kurashning ommaviyligini oshirish maqsadida Nurafshon shahar "Prokuror kubogi" musobaqalari o‘tkazilmoqda.

Nurafshon shahridagi 4-sonli umumta'lim maktabi sport zalida mahallalardagi 16 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalar o‘rtasida sportning milliy kurash turi bo‘yicha "Prokuror kubogi" musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda. Musobaqa shahar prokurori tashabbusi bilan Yoshlar ishlari agentligi, Nurafshon shahar sport maktabi bilan hamkorlikda yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish va ommaviy sportni rivojlantirish maqsadida tashkil etilib, mahallalardan yoshlar ishtirok etishmoqda.

Musobaqa yakuniga ko‘ra, g‘oliblar aniqlanib, ularni taqdirlash marosimi o‘tkazildi. G‘oliblarga "Prokuror kubogi"ni Nurafshon shahar prokurori To‘lqin Karimov topshirdi.

Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_nigohida
#NurafshonTV
#xabarlar
📍NURAFSHON SHAHRI

ENDILIKDA PENSIYA TAYINLASHDA HUJJAT TALAB ETILMAYDI


25.02.2025

Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt