Nurafshon shahri hokimligi
3.16K subscribers
48.6K photos
4.76K videos
64 files
14K links
Download Telegram
"Milliylik qonimizda!" 🇺🇿

Nurafshon shahar tibbiyot birlashmasi xodimlari milliy qadriyatlarimizga hurmat va e’tibor ramzi sifatida "Milliylik qonimizda" chellenjida ishtirok etishdi.

Tibbiyot fidoyilari milliy liboslar kiyib, qadriyatlarimiz, an’ana va urf-odatlarimizga bo‘lgan hurmatini namoyon etdilar. Bu nafaqat tashqi ko‘rinishda, balki qalbdagi faxr va iftixor hissining yorqin ifodasidir.

Milliy qadriyatlarimizga sadoqat bilan yashaylik! 🇺🇿💙

#MilliylikQonimizda
#NurafshonTibbiyot
#QadriyatlarimizFaxrimiz

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍5🔥1
Xotin-qizlarga ehtirom – bayramona kayfiyat! 🌸

8-mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan Nurafshon shahar hokimligi binosida faoliyat yurituvchi xotin-qizlarga hurmat va ehtirom ko‘rsatildi.

Ish kuni odatdagidan o‘zgacha ruhda boshlandi – har bir ayol bayramona kayfiyatda kutib olindi. Ularning jamiyat va davlat rivojiga qo‘shayotgan beqiyos hissasi e’tirof etilib, iliq tabriklar va samimiy tilaklar bildirildi.

Bu go‘zal ayyomda e’tibor va mehr ila o‘ralgan xotin-qizlarimizning yuzida tabassum, qalbida esa quvonch aks etdi.

Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz ayollar! 🌺💐

#8MartMuborak
#XotinQizlargaEhtirom
#Go‘zallikVaMehribonlik

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍4