Nurafshon shahri hokimligi
3.16K subscribers
48.6K photos
4.76K videos
64 files
14K links
Download Telegram
Xotin-qizlarga ehtirom – bayramona kayfiyat! 🌸

8-mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan Nurafshon shahar hokimligi binosida faoliyat yurituvchi xotin-qizlarga hurmat va ehtirom ko‘rsatildi.

Ish kuni odatdagidan o‘zgacha ruhda boshlandi – har bir ayol bayramona kayfiyatda kutib olindi. Ularning jamiyat va davlat rivojiga qo‘shayotgan beqiyos hissasi e’tirof etilib, iliq tabriklar va samimiy tilaklar bildirildi.

Bu go‘zal ayyomda e’tibor va mehr ila o‘ralgan xotin-qizlarimizning yuzida tabassum, qalbida esa quvonch aks etdi.

Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz ayollar! 🌺💐

#8MartMuborak
#XotinQizlargaEhtirom
#Go‘zallikVaMehribonlik

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍4
Nurafshon shahar hokimligida xotin-qizlarga ehtirom ko‘rsatildi 🌸

8-mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan Nurafshon shahar hokimligi binosida faoliyat yurituvchi xotin-qizlarga hurmat va e’tibor ko‘rsatildi.

Shahar hokimligi majlislar zalida bo‘lib o‘tgan tadbirda shahar hokimi I.Klichxanov barcha ayollarni bayram bilan tabriklab, samimiy tilaklarini bildirdi. Ayollarning jamiyat ravnaqidagi o‘rni, fidokorona mehnati va mehr-muruvvati alohida e’tirof etildi.

Bayram munosabati bilan barcha xotin-qizlarga sovg‘alar va shirinliklar tuhfa etildi. Ushbu tadbir ayollar qalbida iliq taassurot qoldirib, bayramona kayfiyat ulashdi.

8-mart bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz ayollar! 🌺💐

#8MartMuborak
#XotinQizlargaEhtirom
#Go‘zallikVaMehribonlik
#NurafshonHokimligi

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍8👏1
Xotin-qizlar uchun unutilmas bayram kechasi 🌸

"Tong" madaniyat saroyida 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan shahrimiz xotin-qizlari uchun bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda shahar hokimi I.Klichxanov ishtirok etib, barcha ayollarni ushbu go‘zal ayyom bilan qutlab, ularning jamiyat hayotidagi beqiyos o‘rni va fidokorona mehnatini e’tirof etdi.

Bayram dasturida shahar madaniyat bo‘limi xodimlari tomonidan konsert dasturi namoyish etildi. Elimiz suygan san’atkorlar – Doston Ergashev, G‘iyosjon Turdiyev hamda “Qalpoq” hajviy ko‘rsatuvi ijodkorlari o‘z chiqishlari bilan bayramga fayz bag‘ishladi. Tadbir davomida ayol-qizlarimiz quvnoq kuy-qo‘shiqlar sadolari ostida raqs tushib, bayramni yanada ko‘tarinki ruhda qarshi oldilar.

🌷 Barcha xotin-qizlarimizni yana bir bor bayram bilan tabriklaymiz! 🌷

#8MartMuborak
#AyollarG‘ururi
#Go‘zallikVaMehribonlik
#BayramKayfiyati

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍1