Nurafshon shahri hokimligi
3.02K subscribers
46.9K photos
4.39K videos
61 files
13.4K links
Download Telegram
“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida shashka musobaqasi

🏆 Nurafshon shahri mahallalarida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida shashka musobaqasining mahalla bosqichi bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu musobaqada yoshlar mantiqiy fikrlash va strategik yondashuv borasida o‘z mahoratlarini sinovdan o‘tkazishmoqda.

🔹 Mahalla bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan yoshlar sektor, shahar va viloyat bosqichlarida o‘z omadini sinab ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Shashka musobaqasi yoshlarning intellektual rivojlanishiga xizmat qilib, ular orasida sportga bo‘lgan qiziqishni oshirish hamda do‘stona raqobat muhitini yaratish uchun muhim ahamiyat kasb etadi.

Musobaqa ishtirokchilariga omad tilaymiz!

#BeshTashabbusOlimpiadasi #NurafshonShahri #ShashkaMusobaqasi #YoshlarSporti

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt