Nurafshon shahri hokimligi
3.29K subscribers
42.9K photos
3.87K videos
53 files
12.2K links
Download Telegram
Nurafshon shahrida fuqarolar qabuli o‘tkazildi

📅 14-mart kuni Nurafshon shahri hokimi I.Klichxanovning fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi. Unda shahar hokimining birinchi o‘rinbosari A.Eshbayev, Xalq qabulxonasi rahbari T.Daniyarov, shuningdek, hokim o‘rinbosarlari, mahalla faollari va tegishli tashkilot rahbarlari ishtirok etdi.

🤝 Qabul davomida 15 dan ortiq fuqaro o‘z murojaati bilan qatnashdi. Moddiy yordam, kredit, ekin ekish uchun yer ajratish, kadastr, tibbiyot, ishga joylashish, uy-joy va kommunal xizmatlar bo‘yicha 22 ga yaqin murojaat bildirildi.

📌 Murojaatlar birma-bir muhokama qilinib, tegishli mutasaddilarga ularni hal etish bo‘yicha topshiriqlar berildi. Fuqarolarning masalalari nazoratga olinib, ularni ijobiy hal etish choralari ko‘rilmoqda.

#FuqarolarQabuli #MurojaatlarNazoratda
#NurafshonShahri

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#brifing

Respublikamiz hududida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlar va yong‘inlar hamda turli xil ko'ngilsiz vaziyatlarni sodir bo‘lishining oldini olish maqsadida joriy yilning 15 mart kunidan 15 aprel kuniga qadar o'tkazilishi belgilangan “Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va fuqaro muhofazasi oyligi” doirasida amalga oshirilayotgan ishlar to'g'risida Nurafshon shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig'ining o'rinbosari kapitan Turapov Zafarjon Zokirovich ishtirokida brifing.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍1
Toshkent yo‘li ko‘chasida atirgullar ekilmoqda! 🌿🌹

"Yashil makon" loyihasi doirasida Toshkent yo‘li ko‘chasi bo‘ylab atirgul ko‘chatlari ekish ishlari qizg‘in davom etmoqda. Bu tashabbus shaharni yanada go‘zal va yashil qilish, ekologik muhitni yaxshilashga qaratilgan. Tez orada bu hudud rang-barang atirgullar bilan bezanib, barchaga zavq bag‘ishlaydi!

Siz ham tabiatni asrash va obodonlashtirish ishlariga hissa qo‘shishni unutmang! 🌱

#YashilMakon #ObodShahar #TabiatniAsraylik #AtirgulBog‘i #ToshkentYo‘li #Ko‘chatEkim

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt