Nurafshon shahri hokimligi
3.29K subscribers
42.9K photos
3.87K videos
53 files
12.2K links
Download Telegram
Maktab va maktabgacha ta’lim muassasalarida hashar o‘tkazildi

Maktab va maktabgacha ta’lim bo‘limi tasarrufidagi ta’lim muassasalarida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib borildi.

Hashar davomida "Yashil makon" loyihasi doirasida yerlar yumshatilib, ko‘chat va qalamchalar ekildi. Shuningdek, daraxtlar oqlanib, hududlar tozalanib tartibga keltirildi.

Mazkur tadbir muassasalarning yanada go‘zal va ozoda bo‘lishiga xizmat qiladi. Hasharda muassasa jamoasi faol ishtirok etishdi.

#Hashar #Obodonlashtirish #YashilMakon #TabiatniAsraylik

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍2
Dehqonobod MFYda beton ariq qurilishi ishlari olib borilmoqda

📍 Dehqonobod MFY Soy bo‘yi ko‘chasida aholi tomorqalarini sug‘orish maqsadida 1,2 kilometr uzunlikdagi beton ariq tortish ishlari olib borilmoqda.

🚜 Ushbu loyihani amalga oshirish natijasida hudud aholisi suv ta’minoti yaxshilanib, dehqonchilik uchun qulay sharoit yaratiladi.

Ishlar belgilangan rejaga asosan olib borilmoqda va yaqin kunlarda foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.

#Obodonlashtirish #AholiFarovonligi
#NurafshonShahri

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍1
Nurafshon shahrida elektr ta’minoti yaxshilanmoqda! ⚡️

Nurafshon shahar elektr ta’minoti tomonidan F. Qorasuv 6 kV tarmog‘idan ulangan Navro‘z va Muqimiy mahallalarida eski yog‘och ustunlar yangi temir-beton ustunlarga almashtirilmoqda. Ushbu ishlar elektr ta’minotining barqarorligini oshirish va aholiga sifatli xizmat ko‘rsatish maqsadida amalga oshirilmoqda.

Tashabbus tufayli mahallalarda elektr energiyasi uzluksiz yetkazib beriladi hamda xavfsizlik talablari kuchaytiriladi.

Modernizatsiya
Barqaror elektr ta’minoti
Xavfsizlik va sifat kafolati

#NurafshonElektr #YangiLiniyalar
#BarqarorKelajak #SifatliXizmat
#Modernizatsiya

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt