Nurafshon shahri hokimligi
3.16K subscribers
48.5K photos
4.74K videos
64 files
14K links
Download Telegram
🌿 Nurafshon shahrida obodonlashtirish ishlari davom etmoqda!

🌺 Shahar obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan atirgul ko‘chatlarini ekish ishlari qizg‘in davom etmoqda. Ushbu chiroyli gullar shaharga yanada fayz va go‘zallik bag‘ishlab, ko‘rkam muhit yaratishga xizmat qiladi.

🌱 Yashil makonni kengaytirish, tabiatga mehr berish – barchamizning burchimiz!

#Toshkent_viloyati #Nurafshon_shahar
#Yashil_makon #Obodonlashtirish #Gulzorlar

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
#Nurafshon_shahar
#Tadbirkorlikni_rivojlantirish

📢 Tadbirkorlar ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 28-oktabrdagi 712-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Nurafshon shahar hokimligida tadbirkorlar ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

💼 Yig‘ilishda O'zbekekspertiza AJ, Savdo-sanoat palatasi, Nurafshon shahar Iqtisodiyot va moliya bo‘limi, shuningdek, shahrimizdagi faol tadbirkorlar qatnashib, 712-son qarorning mazmun mohiyati tushuntirib o'tildi.

📊 Tadbir davomida tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, biznesni rivojlantirishga oid masalalar ko‘rib chiqilib, tegishli tavsiyalar berildi.

🔹 Bunday uchrashuvlar kelgusida tadbirkorlikni rivojlantirish, muammolarni joyida hal etish hamda ishbilarmonlar uchun yanada qulay sharoit yaratishga xizmat qiladi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍2