Nurafshon shahri hokimligi
3.21K subscribers
49K photos
4.82K videos
64 files
14.1K links
Download Telegram
#LIVE

Soʻgʻd delegatsiyasi Toshkent viloyatida

Ayni damda Tojikiston Respublikasi Soʻgʻd viloyati raisi Rajabbaoy Ahmadzoda boshchiligidagi delegatsiyani Bekobod shahar “Oybek” chegara postida yuqori saviyada kutib olindi.

Ikki davlat hududlari oʻrtasidagi ijtimoiy-iqtisodiy, savdo masalalarida hamkorlikni yanada kengaytirish maqsad qilingan uchrashuvda, mehmonlar Oʻrta Chirchiq, Zangiota, Yangiyoʻl, Toshkent hamda Boʻstonliq tumanlarida boʻlishadi. Hududlardagi ixtisoslashgan yirik korxonalar va tadbirkorlik subyektlarining qishloq xoʻjaligi, sanoat va yangi zamonaviy-innovatsion ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishadi.

Shuningdek, Soʻgʻd viloyatidan import qilinadigan mahsulotlarni oʻzlashtirishda hamkorlik qilish yuzasidan shartnomalar tuzish reja qilingan. Hududiy va tarmoq korxonalar oʻrtasida butlovchi qismlar ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish boʻyicha manfaatli kelishuvlarga erishish imkoniyatlari ham yaratilgan.

Maʼlumot oʻrnida, Toshkent shahrida 2024-yil 2-3-may kunlari boʻlib oʻtgan uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumida doirasida mazkur ikki viloyat oʻrtasida bir qator kelishuv va hamkorlik borasidagi bitimlar imzolangan edi.

Telegram 🌐Website 📹YouTube 📸 InstagramFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤝1
#LIVE

Ayni damda Toshkent viloyatida 2025-yilgi Navro‘z umumxalq bayrami “Qadriyatlaring boqiy bo‘lsin, Navro‘z! ” degan bosh g‘oya asosida umumxalq sayili shaklida tashkil etilgan bayram tantanalari boshlandi.

Bugun Nurafshon shahridagi “Nurafshon Business City” dagi amfiteatrda boshlangan sayil barchaga bayramona kayfiyat ulashmoqda.

Tadbirda viloyat sektorlari rahbarlari, davlat va jamoat tashkilotlari, nuroniylar, aholi vakillari mehmon bo‘lmoqdalar.

Bayram tantanalari davomida viloyat teatri  jamoasi tomonidan Navro‘zga bag‘ishlangan kompozitsiya va teatrlashtirilgan tomosha namoyish etilmoqda.

Tadbir avvalida viloyat hokimi Zoyir Mirzayev so‘zga chiqib, barchani bayram bilan tabrikladi. Hududda amalga oshirilayotgan islohotlar, bunyodkorlik ishlari, aholi farovonligi yo‘lidagi sa’y-harakatlarni e’tirof etdi.

Jarayonlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri quyidagi sahifalarimiz orqali kuzatib borishingiz mumkin.

📱Facebook

📱You Tube

Telegram 🌐Website 📹YouTube 📸 InstagramFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1