Nurafshon shahar hokimligi
2.05K subscribers
36K photos
3.33K videos
47 files
10.6K links
Download Telegram
"Yashil makon" loyihasi doirasida amaliy ishlar davom etmoqda

Nurafshon shahrida "Yashil makon" loyihasi doirasida navbatdagi ishlar olib borilmoqda. Shahar hokimi boshchiligida Business City hududida tegishli mutasaddilar ishtirokida uchrashuv tashkil etilib, shahardagi korxona va tashkilotlarga ko‘chat ekishga yerni tayyorlash bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi. Shuningdek, ekish uchun ajratilgan hududlar bo‘lib berildi.

Loyiha doirasida qirim qarag‘ayi va dub daraxtlari ekilishi rejalashtirilgan bo‘lib, bu shaharning ekologik holatini yaxshilashga va uni yanada ko‘rkamlashtirishga xizmat qiladi. Ushbu tashabbus atrof-muhitni asrab-avaylash hamda yashil hududlarni kengaytirishga qaratilgan muhim qadamlardan biridir.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
“Hokimlik soati” yig‘ilishi o‘tkazildi

📍 Nurafshon shahar hokimi I.Klichxanov raisligida navbatdagi “Hokimlik soati” yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda shahar sektor rahbarlari, hokim o‘rinbosarlari, tegishli masʼullar, korxona va tashkilot rahbarlari hamda mahalla raislari ishtirok etdi.

📌 Kun tartibida:
🔹 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi 1-sonli qarori ijrosi bo‘yicha shaharda xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.
🔹 “Yashil makon” dasturi doirasida shaharda ko‘chat ekish ishlarini jadallashtirish bo‘yicha tegishli mas’ullarga vazifalar yuklatildi.
🔹 Bundan tashqari, tashkiliy masalalar ham ko‘rib chiqildi.

Yig‘ilish davomida ko‘tarilgan masalalar yuzasidan tegishli mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.

#Hokimlik_soati #Nurafshon_shahar #Yashil_Makon

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
#Rasmiy
#tayinlov

📣 TAYINLOV 📣

🔷 Ergashev Shaxjaxon G‘ulamovich - Nurafshon shahar Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.

🔷 Shaxjaxon Ergashev 1991-yilda Toshkent viloyati Bo'ka tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy. 2024-yil Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan.

🔷 Shaxjaxon Ergashev tayinlovga qadar Toshkent viloyati Nurafshon shahar iqtisodiyot va moliya bo‘limi bosh mutaxassisi lavozimida faoliyat yuritayotgan edi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
#Ochiq_byudjet #Open_Budget #Открытый_бюджет

Viloyatda joriy mavsumda qancha loyiha g‘olib bo‘lgani
ma’lum qilindi
________

It is
announced how many projects have won in the region for the current season
________

Объявлены проекты - победители
текущего сезона по Ташкентской области

Telegram 🌐Website 📹YouTube 📸 InstagramFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌱 Tomorqa yerlari sug‘orilishini yaxshilash bo‘yicha ishlar olib borilmoqda

📍 Nurafshon shahar hokimi I.Klichxanov "Kambag‘allikdan farovonlik sari" dasturi doirasida mahallalarda tomorqa yerlarini sug‘orish tizimini yaxshilash maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

🔹 Jumladan, Dehqonobod va Degantepa mahallalarida aholi tomorqalarini sug‘orish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida beton ariq tortish ishlari olib borilmoqda.

Shahar hokimi jarayonni joyida ko‘zdan kechirib, ishlarning sifatli va belgilangan muddatda bajarilishi bo‘yicha mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berdi.

#Nurafshon_shahar #Kambag‘allikdan_farovonlik_sari #Tomorqa

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt