Nurafshon shahar hokimligi
2.03K subscribers
36K photos
3.32K videos
47 files
10.6K links
Download Telegram
Nurafshonda yoʻl infratuzilmasi yangilanmoqda

🚧 Toshkent viloyati Nurafshon shahrida joylashgan Toshkent yoʻli koʻchasi bo‘ylab yo‘l infratuzilmasini yaxshilash maqsadida asfalt qoplamasi yotqizish ishlari olib borilmoqda.

📍Mazkur sa’y-harakatlar fuqarolarga qulay va xavfsiz transport harakatini taʼminlash, shuningdek, shahar ko‘rinishini zamonaviylashtirishga xizmat qiladi.

#NurafshonInfratuzilma #YolQurilishi #ToshkentYoli #YangiNurafshon #RivojlanishYoʻlida

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
Nurafshonda obodonlashtirish ishlari izchil davom etmoqda

🌸 Toshkent viloyati Nurafshon shahrida shaharni yanada obod va fayzli qilish maqsadida Shahar obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan qator ishlar amalga oshirilmoqda.

🌹 Jumladan, atirgul ko‘chatlari ekish uchun yerlar tayyorlanmoqda, ko‘chalar supurilib, o‘sib ketgan begona o‘tlar tozalanmoqda. Bu ishlar shaharning ekologik holatini yaxshilash va aholi kayfiyatini ko‘tarishga xizmat qiladi.

#NurafshonObodligi #AtirgulKo‘chatlari #ShaharObodligi #Obodonlashtirish #YashilMakonda #TozaShahar

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
Президент Шавкат Мирзиёев Тошкент шаҳрида ўтаётган Парламентлараро иттифоқнинг 150-юбилей Ассамблеяси ялпи мажлисида иштирок этмоқда.

Президент Шавкат Мирзиёев принимает участие в пленарном заседании 150-й юбилейной Ассамблеи Межпарламентского союза, проходящей в городе Ташкенте.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
🔔 DIQQAT! MUHIM BILDIRISH

"Nurafshonshahargaz" GTB Sizga quyidagilarni ma’lum qiladi:

📍 Nurafshon shahrida Toshkent yo‘li ko‘chasini kengaytirish ishlari olib borilayotgani sababli, Ma’rifat va Nurafshon mahallalari hududidagi D-76, D-89, D-115 va 159 mm diametrli yer usti gaz quvurlarini ko‘chirish ishlari amalga oshirildi.

💨 Shu sababli vaqtincha gaz ta’minoti to‘xtatilgan edi.

⚠️ Hurmatli fuqarolar! Gaz ta’minoti 15 daqiqadan so‘ng bosqichma-bosqich tiklanadi. Iltimos, ogoh bo‘ling va xavfsizlik qoidalariga amal qiling!

📞 Qo‘shimcha ma’lumot uchun: (99) 004-81-04

🟢 "Nurafshonshahargaz" — xavfsiz va uzluksiz gaz ta’minoti uchun xizmatda!

#Diqqat #Bildirish #GazTa’minoti #Nurafshonshahargaz #OgohBo‘ling #Xavfsizlik

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 6 martdagi PQ-93-sonli qaroriga asosan, Sirdaryo viloyatida ishbilarmonlik muhiti, infratuzilma va aholi turmush darajasini yanada yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarori qabul qilingan.
Mazkur qaror bilan, viloyatining “o‘sish nuqtalari”, potensial imkoniyatlari va investitsion jozibadorligini mahalliy investorlarga yetkazish bo‘yicha respublikaning barcha hududlarida grafik asosida piar kampaniyalari tashkil etish topshirig‘i berilgan.
Shu bilan birga, tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida viloyatning 8 ta tuman va shaharlarida “Maxsus sanoat zonalari” tashkil etilgan bo‘lib, ushbu zonalardan amalga oshirilishi taklif etilayotgan loyiha takliflari ishlab chiqildi.

Telegram | Facebook | Instagram
🇺🇿 Sirdaryo viloyatida xorijiy investitsiyalarni o‘zlashtirish, loyihalarni ishga tushirish, yangi ish o‘rinlari tashkil etish, eksportga chiqarish yo‘nalishlarida erishilgan natijalar.

Batafsil: https://gov.uz/oz/miit/news/view/43159

Telegram | Facebook | Instagram
Тошкент вилояти прокурорининг биринчи ўринбосари Э.Инамджанов Нурафшон шаҳрида бўлиб, Ўзбекистон Республикаси Президентининг “2025 йилда республика маҳаллаларида хавфсиз муҳитни яратиш ва ҳуқуқбузарликларнинг барвақт олдини олиш тизими самарадорлигини янада ошириш бўйича чора-тадбирлар тўғрисида”ги ПҚ-1-сонли Қарори ижроси билан яқиндан танишди.

Шаҳар прокуратурасида ташкил этилган штабда бўлиб, биринчи чоракда амалга оширилган ишлар ва иккинчи чорак учун ҳар бир маҳалла ўз хусусияти, эҳтиёжидан келиб чиққан ҳолда “Йўл харита”ларини белгилаши лозимлиги бўйича бир қатор топшириқ ва таклифлар берди.
Шунингдек, "Тўй-тепа"  ва "Янгиобод" маҳаллаларида олиб борилган ишлар билан танишиб, маҳалла еттилиги билан яқиндан суҳбатлашилди.

Шунингдек, раҳбар, ходимларга ушбу йўналишдаги фаолиятга келгусида ҳам жиддий эътибор ҳамда виждонан ёндашишлари таъкидланиб, бу борадаги ишларни янада сифатли ва тўлақонли бажарилиши юзасидан чора-тадбирлар белгилаб олинди.

Телеграм | Instagram  | Youtube | Tik tok | Facebook