Nurafshon shahri hokimligi
3.29K subscribers
42.9K photos
3.88K videos
53 files
12.2K links
Download Telegram
#diqqat
#bildirish

Nurafshon shahar elektr ta'minoti sizga shuni ma’lum qiladi.

N/S O'rta Chirchiq 110/35/6 kV dan chiquvchi f.Olmazor 6kV da ta'mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan Nurafshon shahrining
📌Degantepa;
📌Dehqonobod;
📌Bobur;
📌Oybek;
📌Marifat;
📌Yangiobod;
📌Obod;
📌Qumariq;
📌Navro'z mahallalari aholi va ulgurji iste’molchilarida
2025-yil 26-aprel kuni soat 10:00 dan 15:00 gacha elektr energiyasida vaqtinchalik uzilishlar kuzatiladi.


Murojaat uchun telefon
☎️ Tel.:  (95) 195-14-60
☎️ Tel.:  (95) 195-14-67 (dispetcher)

Nurafshon shahar elektr ta'minoti yuzaga kelgan noqulayliklar uchun aholidan uzr so‘raydi.

Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👎21
Nurafshon shahrida qurilish ishlari bo‘yicha ochiq muloqot

Nurafshon shahri hokimi I. Klichxanov “Yangi O‘zbekiston” massivida barpo etilayotgan ko‘p qavatli turar joy majmualarini ko‘zdan kechirdi. U yerda qurilish ishlarini olib borayotgan xorijlik hamda mahalliy tadbirkorlar bilan uchrashib, ularning taklif va muammolarini tingladi.

Shuningdek, shaharsozlik me’yorlaridan kelib chiqib, binolarning tashqi fasad qismlarini bo‘yashda rang tanlash masalasiga alohida e’tibor qaratish lozimligi ta’kidlandi. Uchrashuv davomida qurilish jarayonlari yuzasidan fikr almashilib, mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍2
DIQQAT E'LON!

Hurmatli Nurafshon shahri va yaqin tumanlar aholisi!

Sizni 28-aprel kuni, soat 19:00 da Nurafshon amfiteatrida bo‘lib o‘tadigan yorqin va unutilmas BEPUL GALA KONSERTga taklif qilamiz!

Konsert dasturida ishtirok etishadi:
Gulsanam Mamazoitova
Baxriddin Zuxriddinov
Xurshid Turdiyev
DJ Macarella

Kayfiyatingizni ko'taradigan, musiqaga to‘la ajoyib kecha sizni kutmoqda! KELING, KO‘RING, ZAVQLANING!
Kirish mutlaqo bepul!

Manzil: Nurafshon amfiteatri
Vaqt: 28-aprel, soat 19:00

#NurafshonKonsert #GalaKonsert2025
#BepulKonsert #NurafshonVaYaqinTumanlar
#JonliIjro #OilaBilanKelishgaArziydi

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati

Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍1
Фуқаролар муаммолари эътибор марказида!

Нурафшон шаҳрида аҳоли муаммоларини жойларда ўрганиш, уларга тезкор ва самарали ечим топиш мақсадида амалий ишлар давом этмоқда. Шу мақсадда, “Бирлик” маҳалла фуқаролар йиғинида сайёр қабул ташкил этилди.

Сайёр қабул Нурафшон шаҳар прокурори ўринбосари А.Олимов, ИИБ бошлиғи М.Соттиев ҳамда Халқ қабулхонаси раҳбари Т.Данияровлар раҳбарлигида ўтказилди.

Қабул давомида маҳалла аҳолиси билан юзма-юз мулоқот қилинди, фуқароларнинг турли ижтимоий, ҳуқуқий ва шахсий муаммолари тингланди.
Фуқаролар томонидан кўтарилган ҳар бир масала юзасидан аниқ вазифалар белгиланиб, тегишли ташкилотлар ва мутасадди идораларга топшириқлар берилди.
Айрим масалалар эса ўша жойнинг ўзида ҳал этилди.
Бундай сайёр қабуллар аҳоли билан очиқ мулоқот ўрнатиш, уларнинг муаммоларини эшитиш ва амалий ёрдам кўрсатишда муҳим аҳамият касб этмоқда. Мақсад — халқ билан яқин, самарали ва доимий алоқада бўлиб, фуқароларнинг давлат органларига бўлган ишончини мустаҳкамлаш.

Мурожаатларга беэътиборликка йўл қўйилмайди — ҳар бир фуқаро эътиборда!

Телеграм | Instagram  | Youtube | Tik tok | Facebook
👍4🔥1👏1🤝1
#Diqqat
#Bildirish

"Toshkent viloyati suv ta’minoti" AJ Nurafshon shahar filiali Sizga shuni ma’lum qiladi

Nurafshon, Yoshlik va Yangi obod mahallalaro hududida nosozlikni bartaarf etish ishlari olib borilishi munosabati bilan

📌Nurafshon MFY;
📌Yoshlik MFY;
📌 Yangi obod MFYlar aholi va ulgurji iste’molchilarida 2025-yil 26-aprel soat 9:00 dan 14:00 gacha suv ta’minotida uzilish bo‘ladi.

Hurmatli fuqarolar sizlardan o‘z ehtiyojingiz uchun suv zaxirasi olishingiz so‘raladi.

Murojaat uchun telefon: ☎️ (70)762-63-71.

Toshkent viloyati suv ta’minoti" AJ Nurafshon shahar filiali yuzaga  kelgan noqulayliklar uchun aholidan uzr so‘raydi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yodda tuting!

2025-yil 1-maydan boshlab jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy ehtiyoj uchun respublikaga tovarlarni bojsiz olib o'tish normalari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Muhammad Yusuf tavalludining 71 yilligi.


Respublikasi Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Nurafshon shahar bo‘linmasi tomonida tayyorlangan videorolik.

O‘zbek
Qiyosi yo’q uning mehri bir daryo,
O‘xshasa o’ziga o’xshaydi O‘zbek.
Boshqa millatlarni bilmadim, ammo,
Dunyoda bolam deb yashaydi O‘zbek!

✍️Muhammad Yusuf

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

❗️Soʻrovnoma: Plastik kartangizdan pul oʻgʻirlanmasligi uchun nima qilish kerak?


©️ Yoshlar kundaligi & Toshkent viloyati IIBB


| Telegram | Youtube | Сайт | ВКонтакте | Instagram |