Nurafshon shahar hokimligi
2.12K subscribers
36.2K photos
3.35K videos
47 files
10.7K links
Download Telegram
Nurafshon shahri hokimi shaharda obodonlashtirish jarayonlari bilan tanishdi

Nurafshon shahri hokimi shaharda amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishdi. Jumladan, hokim Ijodkorlar bog‘i hududida bo‘lib, ekilgan daraxt ko‘chatlarining parvarishi va ularning holati bilan tanishdi. Ushbu hududda olib borilayotgan ishlar sifatini oshirish va yashil maydonlarni kengaytirish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
#Bildirish
#Diqqat

Nurafshonda qatnov harakati vaqtincha cheklanadi

Nurafshon shahrida 28-aprel kuni, soat 19:00 da “Business city” hududidagi Amfiteatr majmuasida madaniy tadbirlar bo'lib o'tishi rejalangan.

Shu munosabat bilan Nurafshon shahrida yo‘l harakati xavfsizligini taʼminlash maqsadida, joriy yilning 28-aprel kuni soat 11:00 dan 23:00 ga qadar Nurafshon “Business city” hududidagi Yangiobod ko‘chasi  G 62 avtomobil yo'lida avtotransport vositalari harakati vaqtincha cheklanadi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
DIQQAT E'LON!

Hurmatli Nurafshon shahri va yaqin tumanlar aholisi!

Sizni 28-aprel kuni, soat 19:00 da Nurafshon amfiteatrida bo‘lib o‘tadigan yorqin va unutilmas BEPUL GALA KONSERTga taklif qilamiz!

Konsert dasturida ishtirok etishadi:
Gulsanam Mamazoitova
Baxriddin Zuxriddinov
Xurshid Turdiyev
DJ Macarella

Kayfiyatingizni ko'taradigan, musiqaga to‘la ajoyib kecha sizni kutmoqda! KELING, KO‘RING, ZAVQLANING!
Kirish mutlaqo bepul!

Manzil: Nurafshon amfiteatri
Vaqt: 28-aprel, soat 19:00

#NurafshonKonsert #GalaKonsert2025
#BepulKonsert #NurafshonVaYaqinTumanlar
#JonliIjro #OilaBilanKelishgaArziydi

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati

Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
Nurafshon shahrida huquq-tartibot sohasida samarali ishlar olib borilmoqda.

Nurafshon shahar prokurori o‘rinbosari A.Olimov va mahkamaning bo‘lim boshlig‘i S.Safarov O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining 2025-yil 26-aprel kuni o‘tkazilgan yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida, PQ-1-sonli qaror talablari asosida shahar hududida olib borilayotgan ishlar holatini o‘rganishdi va mas’ul xodimlarga tegishli ko‘rsatmalar berdilar.

Ushbu chora-tadbirlar doirasida "Chig‘iriq" mahallasidagi qo‘riqlovga olingan obyektdan chaqiruv signali tushdi. Qo‘riqlash bo‘limi xodimlari chaqiruvga yuqori tezlikda va professionallik bilan javob qaytarib, bor-yo‘g‘i 5 daqiqa 10 soniyada hodisa joyiga yetib kelishdi.

Bunday tezkorlik va tashabbuskorlik fuqarolarimiz xavfsizligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Nurafshon shahrida huquq-tartibotni mustahkamlash va jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha ishlar izchil davom etmoqda.

Телеграм | Instagram  | Youtube | Tik tok | Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Mahalla raisi saylovi-2025

Hurmatli vatandoshlar! Mahalla raisi saylovlarida faol ishtirok etaylik!


Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Nurafshon shahar Qurilish va Uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limi xodimlari, "To'y tepa Yuksak Servis" MChJ hamda Nurafshon shahar suv taʼminoti korxonasi ishtirokida "Yangiobod" MFY hududida joylashgan ko‘p qavatli uylarda ichimlik suvi bosimi pastligi bo‘yicha aholi murojaati o‘rganilib, bartaraf etish choralari ko‘rildi.

Shuningdek, "Nurafshon" MFY hududida joylashgan ko‘p qavatli uy yonida olib borilayotgan taʼmirlash ishlari bilan tanishilib, aholi murojaatlari o‘rganildi va "To'y tepa Yuksak Servis" BSKga tegishli topshiriqlar berildi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
Nurafshon shahri hokimi shaharda obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish jarayonlari bilan tanishdi.

Xususan, Qumariq MFY hududida Toshkent yo‘li ko‘chasi bo‘ylab ekilgan gul ko‘chatlarini sug‘orish bilan bog‘liq ishlar o‘rganildi. Ekilgan atirgul ko‘chatlari uchun tomchilatib sug‘orish texnologiyasini joriy etish maqsadida katta hajmdagi suv saqlagichlar o‘rnatilmoqda.

Shuningdek, Obod MFY hududidagi Motamsaro ona haykali o'rnini tartibga keltirish, obodonlashtirish, piyodalar yo‘laklarini tashkil etish hamda aholi uchun saylgoh yaratish maqsadida olib borilayotgan ishlar bilan tanishildi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt