Nurafshon shahar hokimligi
2.13K subscribers
36.3K photos
3.35K videos
47 files
10.7K links
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Shahar markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikasi shifokorlaridan foydali tavsiyalar

To‘g‘ri ovqatlanish — sog‘lom turmush tarzi va mustahkam salomatlik garovidir. Har bir inson iste’mol qilayotgan oziq-ovqatiga e’tiborli bo‘lishi, ratsionni vitamin va foydali moddalarga boy mahsulotlar bilan boyitishi muhim ahamiyatga ega.

Shifokorlarimizning ta’kidlashicha, kunlik ovqatlanish tartibi muvozanatli bo‘lishi, meva-sabzavotlar, oqsil va tabiiy mahsulotlar yetarli miqdorda iste’mol qilinishi kerak. Shuningdek, shirinliklar va yog‘li taomlarni me’yorida ishlatish, ortiqcha tuz va shakar iste’molidan saqlanish salomatlik uchun juda muhimdir.

Unutmang: sog‘lom hayot — bu ongli tanlov! Tanlov o‘zingizdan boshlanadi!
Nurafshon shahrida obodonlashtirish ishlari izchil davom etmoqda

Nurafshon shahri bo‘ylab obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari jadallik bilan olib borilmoqda. “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ekilgan daraxt va gul ko‘chatlari muntazam parvarishlanib, ularni sug‘orish ishlari tashkil etilgan.

Shuningdek, shahar ko‘chalari bo‘ylab uzum yo‘laklarini barpo etish ishlari ham boshlab yuborildi. Bu esa nafaqat shahar ko‘rkiga ko‘rk qo‘shadi, balki ekologik muvozanatni saqlashda ham muhim rol o‘ynaydi.

Obodonlashtirish ishlari davom etmoqda va bu boradagi sa’y-harakatlar aholining yashash sifati va shahar qiyofasini yanada yaxshilashga qaratilgan.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
Toshkent yo‘li ko‘chasida obodonlashtirish ishlari davom etmoqda

Shahar hokimi boshchiligida, tegishli mutasaddilar ishtirokida Toshkent yo‘li ko‘chasini kengaytirish va qulay sharoitlar yaratish maqsadida qurilish-obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.

Loyihaga asosan, avtotransport vositalari uchun qo‘shimcha to‘xtash joylari, piyodalar uchun esa zamonaviy yo‘laklar barpo etilmoqda. Shu bilan birga, yashil hududlar tashkil qilinib, atrof-muhit yanada obod qilinmoqda.

Mazkur ishlar fuqarolarga qulaylik yaratish va shahar infratuzilmasini yaxshilashga xizmat qiladi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt