Nurafshon shahar hokimligi
2.13K subscribers
36.3K photos
3.36K videos
47 files
10.7K links
Download Telegram
Nurafshon shahar hokimligi
‼️DIQQAT: MUHIM O‘ZGARISH‼️

📌 Avval e’lon qilinganidek, 2025-yil 2-may kuni soat 16:00da Nurafshon shahridagi 26-sonli umumtaʼlim maktabida (“Uchqun” MFY, Guzar ko‘chasi 85-uy) bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan “Uchqun” mahallasi fuqarolar yig‘ini raisi saylovi boshqa kunga qoldirildi.

ℹ️ Buning sababi – “Uchqun” va “To‘y tepa” mahallalarining birlashuvi bilan bog‘liq bo‘lib, saylov yangi holatga moslashtiriladi.

👉 Qo‘shimcha ma’lumotlar tez orada e’lon qilinadi.

Mahalla raisi — aholi farovonligi va taraqqiyotini belgilovchi muhim shaxsdir. Shu sababli, sizni yangilangan sanada ham faol va masʼuliyatli ishtirok etishga chorlaymiz.
“Obod” mahallasida elektr taʼminoti ishlari amalga oshirilmoqda

Nurafshon shahar elektr taʼminoti tomonidan “Obod” mahallasida joylashgan TP-23 transformator punktida SIP kabel montaj ishlari amalga oshirilmoqda.

Mazkur ishlar hududdagi elektr taʼminotining barqarorligi va xavfsizligini oshirish, kelgusidagi uzilishlarning oldini olish maqsadida bajarilmoqda.

Qurilish-montaj ishlari xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilgan holda olib borilmoqda.

‼️ Vaqtinchalik noqulayliklar uchun aholimizdan uzr so‘raymiz. Tushuncha bilan qaraganingiz uchun tashakkur!

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Hududgaz Toshkent" GTF: "Kelajak yoshlar qoʻlida" shiori ostida tadbirlar oʻtkazilmoqda

📌"Hududgaz Toshkent" GTF Toshkent viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi va Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi bilan birgalikda yosh avlod ongida tabiiy gaz resurslaridan oqilona foydalanishni targ‘ib qilish maqsadida, viloyatdagi ta’lim muassasalarida ochiq darslar tashkil etilmoqda.

📝📚Shulardan biri, Nurafshon shahrinining 32-sonli umumta’lim maktabida bo‘lib o‘tdi.

“Hududgaz Toshkent” GTF matbuot xizmati

Kanalga ulanish:👉 |telegram|
"Degantepa" mahallasining fuqarolar yig‘ini raisi saylovi bo‘lib o‘tdi

Nurafshon shahridagi 73-sonli umumtaʼlim maktabida joylashgan saylov uchastkasida “Degantepa” mahallasi fuqarolar yig‘ini raisi saylovi bo‘lib o‘tdi.

Saylov jarayoni ochiqlik va shaffoflik tamoyillari asosida tashkil etildi. Fuqarolar o‘z hududi uchun mas’ul, tashabbuskor va fidoyi rahbarni tanlashda faollik ko‘rsatishdi.

Mazkur saylov mahalla hayotida fuqarolarning bevosita ishtirokini taʼminlash, ularning manfaatlarini ilgari surish hamda hududda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.

Faollik ko‘rsatgan barcha “Degantepa” mahallasi aholisiga minnatdorchilik bildiramiz!

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
Obodonlashtirish ishlari davom etmoqda

Nurafshon shahrida piyodalar yo‘lkasi qurilish ishlari jadal davom etmoqda. Mazkur jarayon shahar hokimi nazorati ostida olib borilmoqda.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt