Nurafshon shahar hokimligi
2.13K subscribers
36.4K photos
3.36K videos
47 files
10.7K links
Download Telegram
"Degantepa" mahallasining fuqarolar yig‘ini raisi saylovi bo‘lib o‘tdi

Nurafshon shahridagi 73-sonli umumtaʼlim maktabida joylashgan saylov uchastkasida “Degantepa” mahallasi fuqarolar yig‘ini raisi saylovi bo‘lib o‘tdi.

Saylov jarayoni ochiqlik va shaffoflik tamoyillari asosida tashkil etildi. Fuqarolar o‘z hududi uchun mas’ul, tashabbuskor va fidoyi rahbarni tanlashda faollik ko‘rsatishdi.

Mazkur saylov mahalla hayotida fuqarolarning bevosita ishtirokini taʼminlash, ularning manfaatlarini ilgari surish hamda hududda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.

Faollik ko‘rsatgan barcha “Degantepa” mahallasi aholisiga minnatdorchilik bildiramiz!

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
Obodonlashtirish ishlari davom etmoqda

Nurafshon shahrida piyodalar yo‘lkasi qurilish ishlari jadal davom etmoqda. Mazkur jarayon shahar hokimi nazorati ostida olib borilmoqda.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
#Diqqat
#Bildirish

"Toshkent viloyati suv ta’minoti" AJ Nurafshon shahar filiali sizga shuni ma’lum qiladi

📍Nurafshon, Yoshlik, Birlik va Yangiobod mahallalarida ko‘p qavatli uylar sonining ortib borayotgani, suv bosimini barqaror saqlash hamda aholi tomonidan noroziliklarning oldini olish maqsadida 3-may kuni soat 08:00 dan 20:00 gacha ta’mirlash va tiklash ishlari olib borilishi rejalashtirilgan.

🔹 Shu sababli, ichimlik suvi ta’minotida vaqtincha uzilish yuzaga keladi.
🔹 Aholini ichimlik suvi bilan ta'minlash maxsus suv tashuvchi avtomashinalar orqali tashkil etiladi.

Murojaat uchun telefon: ☎️ (70)762-63-71.

Toshkent viloyati suv ta’minoti" AJ Nurafshon shahar filiali yuzaga  kelgan noqulayliklar uchun aholidan uzr so‘raydi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
TOSHKENT YO‘LI KENGAYISHI MUNOSABATI BILAN MULK EGALARI BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI

Toshkent yo‘li kengaytirilishi munosabati bilan jamoat ehtiyoji uchun olinayotgan mulklar egalari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Mazkur uchrashuvda Nurafshon shahri hokimi I. Klichxanov, shahar prokurori T. Karimov, shahar IIB boshlig‘i M. Sottiyev, shahar Soliq inspeksiyasi rahbari J. Sayfiyev, shuningdek, shahardagi tegishli tashkilotlar rahbarlari va xalq deputatlari ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida fuqarolar bilan ochiq muloqot tashkil etilib, jamoat ehtiyoji uchun qurilishi rejalashtirilgan piyodalar yo‘lkasi va ushbu yo‘lak o‘tadigan hududdagi mulkdorlarning mulkiga belgilangan qiymat yuzasidan muzokaralar olib borildi.

Jarayon shaffoflik va qonuniylik tamoyillari asosida o‘tkazildi. Mulk egalari bilan o‘zaro tushunishga erishish, ularning fikr-mulohazalarini inobatga olishga alohida e’tibor qaratildi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt