Nurafshon shahri hokimligi
3.28K subscribers
42.9K photos
3.87K videos
53 files
12.2K links
Download Telegram
“Birlik” mahallasida fuqarolar yig‘ini raisi saylovi bo‘lib o‘tdi

Nurafshon shahridagi Yoshlar markazi binosida joylashgan saylov uchastkasida “Birlik” mahallasi fuqarolar yig‘ini raisi saylovi bo‘lib o‘tdi.

Saylovda nomzodlar o‘z dasturiy rejalarini taqdim etib, mahalla aholisiga kelajakda amalga oshirishni rejalashtirgan ishlari haqida ma’lumot berishdi.

Saylov jarayoni ochiqlik va shaffoflik tamoyillari asosida o‘tkazildi. Fuqarolar o‘z hududi uchun mas’ul, tashabbuskor va fidoyi rahbarni tanlashda yuqori faollik ko‘rsatishdi.

Mazkur saylov mahalla hayotida fuqarolarning bevosita ishtirokini ta’minlash, ularning manfaatlarini ilgari surish hamda hududda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni yanada jadallashtirishga xizmat qiladi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍2👏1
Uyma-uy suhbat: muammo va yechimlar

Shahar soliq inspeksiyasi rahbari J.Sayfiyev o‘ziga biriktirilgan hududdagi ishsiz yoshlar va ularning ota-onalari bilan uchrashuvlar o‘tkazmoqda. U uyma-uy yurib, aholining bandlik holati, muammolari va ehtiyojlarini o‘rgandi.

Uchrashuvlar davomida yoshlarga kasb-hunar o‘rganish, tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish va mavjud imkoniyatlardan foydalanish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Mazkur tashabbus yoshlar bandligini ta’minlash va ularning hayotda faol o‘rin egallashiga xizmat qiladi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍2
#diqqat
#bildirish

Nurafshon shahar elektr ta'minoti sizga shuni ma’lum qiladi.

f.Mayramko'l 6kV 23-transformator punktida SIP kabel tortish ishlari olib borilishi munosabati bilan
:
📌Obod mahallasining Mayramko'l, Mehr oqibat, Shinam ko'chalari aholi va ulgurji iste’molchilarida 2025-yil 5-may kuni soat 9:00 dan 17:00 gacha elektr energiyasida vaqtinchalik uzilishlar kuzatiladi.

Shuningdek, f.Xaqiqat XEL 6 kV tarmog'ida ta'mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan:
📌Yuksalish;
📌Taraqqiyot;
📌Hurriyat;
📌Oppoq mahallalari aholi va ulgurji iste’molchilarida 2025-yil 5-may kuni soat 13:00 dan 14:00 gacha elektr energiyasida vaqtinchalik uzilishlar kuzatiladi.

Murojaat uchun telefon
☎️ Tel.:  (95) 195-14-60
☎️ Tel.:  (95) 195-14-67 (dispetcher)

Nurafshon shahar elektr ta'minoti yuzaga kelgan noqulayliklar uchun aholidan uzr so‘raydi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
"E-auksion" platformasida Toshkent viloyati hududidan 3100 dan ortiq Ko'chma savdo joylarini sotib oling!

🔹Angren shaharida 562 ta (Ko'rish)
🔹Bekobod shaharida 231 ta (Ko'rish)
🔹Nurafshon shahrida 510 ta (Ko'rish)
🔹Olmaliq shahrida 128 ta (Ko'rish)
🔹Ohangaron shahrida 294 ta (Ko'rish)
🔹Yangiyo'l shahrida 153 ta (Ko'rish)
🔹Bekobod tumanida 128 ta (Ko'rish)
🔹Bo'ka tumanida 95 ta (Ko'rish)
🔹Bo'stonliq tumanida 40 ta (Ko'rish)
🔹Zangiota tumanida 6 ta (Ko'rish)
🔹Qibray tumanida 9 ta (Ko'rish)
🔹Quyi Chirchiq tumanida 185 ta (Ko'rish)
🔹Oqqo'rg'on tumanida 136 ta (Ko'rish)
🔹Ohangaron tumanida 134 ta (Ko'rish)
🔹Parkent tumanida 40 ta (Ko'rish)
🔹Piskent tumanida 114 ta (Ko'rish)
🔹Toshkent tumanida 2 ta (Ko'rish)
🔹O'rtachirchiq tumanida 112 ta (Ko'rish)
🔹Chinoz tumanida 204 ta (Ko'rish)
🔹Yuqorichirchiq tumanida 57 ta (Ko'rish)
🔹Yangiyo'l tumanda 13 ta (Ko'rish)

Barchasini ko'rish

👇Xabardor bo'lish uchun👇
Telegram|Facebook|Instagram|Youtube
1🤝1
“Hokimlik soati”da dolzarb muammolar ko‘rib chiqildi

Shahar hokimi I. Klichxanov rahbarligida navbatdagi yig‘ilish o‘tkazildi. Unda sektor rahbarlari, hokim o‘rinbosarlari, mutasaddilar va tashkilot rahbarlari qatnashdi.

Dastlab shaharda ijtimoiy va iqtisodiy sohalarda amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi. Tadbirkorlikni rivojlantirish, bandlikni ta’minlash va “mahallabay” ish tizimini samarali yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

“Yoshlar”, “Ayollar” va “Temir daftar”dagi fuqarolarga ko‘rsatilayotgan yordam, obodonlashtirish, infratuzilmani yaxshilash, yangi ish o‘rinlari yaratish kabi masalalar kun tartibidan o‘rin oldi.

Soha rahbarlari o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha axborot berdi. Hokim tomonidan aniqlangan muammolarni bartaraf etish yuzasidan topshiriqlar berildi. Ularning bajarilishi qat’iy nazorat ostida bo‘ladi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍4
#Diqqat
#Bildirish

"Nurafshonshahargaz" GTB Sizga shuni ma’lum qiladi

Chig'iriq mahallasi hududidagi 19-sonli maktabda ta'mirlash ishlari ishlari olib borilishi sababali, ko'cha gaz quvurlarini ko'chirish, ta'mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan:

📌Chig'iriq mahallasining barcha ko'chalari
aholi va ulgurji  iste’molchilarida 2025-yil 6-may kuni soat 9:00 dan 17:00 gacha gaz ta’minoti to‘xtatiladi.

Aholi istemolchilari soni 350 ta
Ulgurji iste'molchilari soni 6 tani tashkil qiladi.

Murojaat uchun telefon:
☎️ (99)004-81-04.

"Nurafshon shahar gaz" gaz ta’minoti yuzaga kelgan noqulayliklar uchun aholidan uzr so‘raydi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
Nurafshonda og‘ir ahvoldagi mahallalarda infratuzilma yaxshilanmoqda

Prezidentning “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida Nurafshon shahridagi Dehqonobod, Degantepa va Chig‘iriq mahallalari og‘ir ijtimoiy-iqtisodiy holati bois maxsus dasturga kiritildi.

Mazkur mahallalarda aholining tomorqadan unumli foydalanish imkoniyatini yaratish, suv ta’minotini yaxshilash hamda infratuzilmani tartibga keltirish ishlari boshlangan.

Dastur doirasida 800 ta xonadonni qamrab olgan sug‘orish tizimlarini yaxshilash uchun jami 1,7 milliard so‘m ajratildi.

Dehqonobod mahallasida 1,2 km uzunlikdagi ariqlar 627 mln so‘m evaziga betonlandi.
Degantepa mahallasida 1,5 km ariqlar 640 mln so‘m hisobidan yangilandi.
Chig‘iriq mahallasida esa 1 dona quduq qazilib, 0,4 km ariqlar 395 mln so‘mga betonlandi.

Mazkur ishlarning borishi Nurafshon shahar hokimining birinchi o‘rinbosari A. Eshbayev tomonidan joyiga chiqqan holda o‘rganildi

Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt